Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Osiyo Kubogi kundaligi, 9-kun: Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q! Eldorga esa hamma narsa mumkin...

Osiyo Kubogi kundaligi, 9-kun: Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q! Eldorga esa hamma narsa mumkin...

Baho:
+ | -1

Bugun yana Dubayga qaytdik. 13 yanvar kuni bu yerda Turkmanistonga qarshi o‘ynaymiz. Ummonni-ku yutib oldik, uch ochko cho‘ntakda, ishlashda davom etamiz. Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q!

Dubaydagi “Rashid” stadioni yonidagi maydonda mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Kecha asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar yengil mashqlarni olib borishdi. Qolganlar bilan esa Kuperni o‘zi ishladi. Bu safar ham mashg‘ulot ancha qiziqarli kechdi.

Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Katta musobaqalardagi dastlabki o‘yinda g‘alaba qozonish juda ham muhim, deb bekorga aytishmas ekan. Ikkinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘tarinki ruhda davom etyapti.

Mashg‘ulotga terma jamoa a’zolari avtobusda borsa, biz – delegasiya vakillari OFK tomonidan ajratilgan ikkita minivenda boramiz. Bugun bizni olib yurgan pokistonlik haydovchi terma jamoamiz finalga qadar yetib borsa, menga O‘zbekiston terma jamoasining 1ta libosini sovg‘a qilasizlarmi, deb so‘rab qoldi. “1ta libos ham gapmi, agar finalga chiqadigan bo‘lsak, butun oila a’zolaring bilan finalni O‘zbekiston milliy terma jamoasining libosida tomosha qilasizlar” deb aytdik.

Ha, aytgancha, ertalab, hali Sharjada ekanimizda nonushta payti qiziq voqea ro‘y berdi. Meni O‘zbekiston delegasiyasi libosida yurganimni ko‘rgan 7-8 yoshlardagi bolakay oldimga kelib, rus tilida gap boshladi. U Ummon bilan uchrashuvni stadionda tomosha qilganini, o‘yin davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlab turganini aytib o‘tdi. Dadasi ham shu yerda ekan, bir oz suhbatlashdik. Ular asli toshkentlik bo‘lib, Dubayda ish bilan yurishgan ekan. O‘zbekiston terma jamoasiga kelgusi o‘yinlarda omad tilashdi. Biz esa ularga tashakkur bildirib qoldik. Vatandan uzoqda yurganda vatandoshlaringni uchratish hamisha yoqimli.

Bugungi mashg‘ulotni yoritish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlar ham tashrif buyurishdi. Ular mashg‘ulotlar tugaganidan keyin Eldor Shomurodovdan maydon chetida intervyu olmoqchi ekanliklarini aytib o‘tishdi. Odatda, mashg‘ulot tugaganidan keyin futbolchilar muzli vanna qabul qilish uchun darrov mehmonxonaga yo‘l olishadi. Recovering , ya’ni tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun. Shu sababli bu vaqtda intervyu olish ularga halaqit berishi mumkin. Ammo bugun Kuper o‘zbekistonlik jurnalistlarga mashg‘ulotdan keyin Shomurodovdan intervyu olishga ruxsat berdi. “U Ummonga qarshi o‘yinda  bizga g‘alaba keltirgan golni urdi. Eldorga endi hamma narsa mumkin”, - deya hazillashdi Kuper.

Ertaga mashg‘ulotlar davom etadi. Bizni Turkmanistonga qarshi o‘yin kutmoqda. Maqsad – faqat g‘alaba!

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i

Dubay, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 01:28, 11.01.2019.
O'qildi: 12122 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик