Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Osiyo Kubogi kundaligi, 10 kun: Begona yurtdagi Vatanning bir bo‘lagi!

Osiyo Kubogi kundaligi, 10 kun: Begona yurtdagi Vatanning bir bo‘lagi!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasini bugun mashg‘ulotdan keyin ajoyib tadbir kutib turgandi. Vatandan uzoqda yurib, yurt sog‘inchini his qilayotgan futbolchilar uchun bugun begona mamlakatda Vatanning bir bo‘lagi yaratib berildi!
 
"Crowne Plaza" mehmonxonasida futbolchilar uchun o‘zbekona tadbir tashkil etildi. O‘zbekcha qo‘shiqlar, milliy taomlar, Vatandan tashrif buyurgan mehmonlar qurshovidagi kecha - bularning barchasi terma jamoamiz a’zolarining kayfiyatini, ruhiyatini ko‘tarish va ularni yangi g‘alabalar sari undash uchun tashkil qilindi.
 
Bizga OFK tomonidan biriktirlgan Meysa xonim ham chetda qolmadi. U birinchidan milliy taomimiz bo‘lgan oshdan tatib ko‘rdi, keyin esa unga adrasdan tikilgan milliy libosimiz sovg‘a qilindi. Meysani quvonchini ko‘rsangiz edi!
 
Narsa xarid qilish uchun do‘konga kirganimda ham qiziqarli voqea ro‘y berdi. Ustimdagi libosda O‘FA logotipini ko‘rgan bir sotuvchi yigit "O, Uzbekistan!" deb baqirib qoldi. U bilan bir oz suhbatlashib qoldim.
 
"O‘zbekiston terma jamoasi menga juda yoqadi. Sizlar ajoyib jamoaga egasiz. Buning ustiga Ektor Kuper kabi zo‘r murabbiy keldi Sizlarga. Endi yutmasangiz bo‘lmaydi!" G‘irt begona insonning bu gaplari meni to‘lqinlantirib yubordi. Oldinlari shunga o‘xshash voqealarni o‘qisam, muallif o‘zidan qo‘shib yozyapti deb bir oz ensam qotardi. O‘zim shunday voqeaga duch kelganimdan keyin ishonch hosil qildim: Milliy terma jamoamizni nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki boshqa mamlakatdagilar ham qo‘llab-quvvatlashadi!
 
Endi terma jamoamiz oldidagi mas’uliyat yanada yuqori. Nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar uchun, balki boshqa mamlakatlarda yashab, terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan ishqibozlar uchun ham o‘ynash kerak! O‘ynaganda ham yurakdan, astoydil, maydonda borini berib to‘p surish zarur!
 
Biz bir jamoamiz!
 
Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i
Dubay, BAA

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 02:15, 12.01.2019.
O'qildi: 6098 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.