Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston – Turkmaniston: Matbuot anjumani yakunlandi

O‘zbekiston – Turkmaniston: Matbuot anjumani yakunlandi

Baho:
+ | -

Akmal Eshonxonov

Dubaydan maxsus

Ayni vaqtda O‘zbekiston – Turkmaniston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani boshlandi.

Dastlab jurnalistlar savollariga O‘zbekiston terma jamosia bosh murabbiyi Ektor Kuper va himoyachi Anzur Ismoilov javob beradi.

Ektor Kuper: Ikkinchi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Turkmaniston yaxshi shakllangan jamoa. Biz ularning Yaponiyaga qarshi o‘yinini tomosha qildik. Turkmanistonga qarshi faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Anzur Ismoilov: Turkmanistonga qarshi o‘yinga tayyormiz. Ertaga faqat g‘alaba qozonish  va uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz. Terma jamoada tajribali futbolchilar bilan birga yosh futbolchilar ham bor. O‘ziga xos balans o‘rnatilgan. Bizning ortimizdan juda ko‘plab kuchli futbolchilar yetishib chiqmoqda. Umid qilamizki, ular bilan o‘z maqsadimizga yetamiz

Ektor Kuper: Ummonga qarshi o‘yinni hamma turlicha tahlil qildi. Muhimi biz o‘sha o‘yinda g‘alaba qozondik. Ummon kuchli terma jamoa. Ular Fors Ko‘rfazi musobaqasida g‘alaba qozonishgan. Shu sababli ularni mag‘lubiyatga uchratganimizdan xursandmiz. Turkmanistonga qarshi o‘yinda avvalgi xatolarimizni to‘g‘irlab, chiroyli o‘yin namoyish qilishga harakat qilamiz.

Turkmaniston terma jamoasining ustunliklari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular tartibli jamoa. Yaponiyaga qarshi o‘yinda ular tartibli harakat qilishdi, lekin ularga tajriba yetishmadi. Ertaga maydonga tushadigan har ikki terma jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor. Kim kuchliroq ekanini maydondagi o‘yin ko‘rsatadi.

Krimes qizil kartochka tufayli ertangi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ammo bizda uning o‘rniga maydonga tushishi mumkin bo‘lgan ikki nafar futbolchi bor. Ulardan qaysi biri o‘sha paytda yaxshiroq formada bo‘lsa, o‘sha futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Turkmaniston terma jamoasi himoyasida o‘ziga yarasha muammolar bor. Biz ertaga ana shu muammolardan foydalanib hujum tashkil qilishga va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga urinamiz.

Manba: STADION
Kiritildi: 18:32, 12.01.2019.
O'qildi: 5801 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.