Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Siz bilgan futbolchilarning siz bilmagan hastaliklari

Siz bilgan futbolchilarning siz bilmagan hastaliklari

Baho:
+ | -

Bemorlik- bu insoniyat uchun doimo yoqimsiz holat, lekin, zamonaviy futbolda shunday futbolchilar borki, mana bir necha yillardan beri surunkali kasalliklar bilan olishib kelmoqdalar. Hozir shu haqida

Tim Hovard

Ko‘pchilik bu nomni eshitib hayron qolgan bo‘lsa kerak, lekin shunday. Mahoratli darvozabon Turete(yoki Torete) sindromi bilan tug‘ilganiga ishonish qiyin. Bu sindrom bilan tug‘ilgan bolalar muloqot chog‘ida gap tuzishga juda qiynaladilar, ularning yuz ifodasi betinim o‘zgarib turadi va gohida soatlab bitta so‘zni ayta olmay, duduqlanib qoladilar. Eng achinarlisi shundaki, bu sindromni yengish uchun yillar kerak bo‘ladi.

Tim bergan intervyularidan birida maktabda bir necha bor shu sindrom sababli ko‘p bolalar uning ustidan kulganini aytib bergan edi…

2003-yilda «Qizil iblislar» safiga kelib qo‘shilganida Britaniya matbuoti unga ishonchsizlik bilan qaragan edi. Shunga qaramasdan, Hovard «Manchester Yunayted»da 3 ta ajoyib mavsumni o‘tkazadi va muxlislar ishonchini to‘liq oqlaydi.

Hozirda ushbu sindrom bilan og‘rigan insonlar uchun yordam ko‘rsatadigan fondning egasi hisoblanadigan qahramonimiz, nafaqat futbol olamida, balki umuminsoniy qadriyatlar borasida ham barchaga o‘rnak bo‘la oldi.

Darren Fletcher

«Manchester Yunayted»ning yana bir sobiq o‘yinchisi 2008-yilda oshqozonida yara paydo bo‘lganini bilib qoladi. U buni deyarli 3 yil hammadan yashirib yuradi. Bu vaqt mobaynida restoranlarga bormas, uzoq davom etadigan yig‘ilishlarda hammadan avval ketib qolardi. Uning kasalligi haqida tasodifan xabar topgan Aleks Fergusson unga zudlik bilan davolanishi kerakligini aytadi. 2011-yilda bo‘yi 1,85 sm,vazni 81kilogramm bo‘lgan Fletcher 19 kilogramm vazn yo‘qotib, 62 kilogrammga tushib ketadi. U tez darmonsizlanib qolar, mashg‘ulotlardan so‘ng tiklanishda qiynalar edi. Oxiri futbolchi jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ladi. 2011-yilning oxirlarida Daren 2 ta operasiyani o‘tkazadi. Oradan bir yil o‘tgach, yana katta futbolga qaytishning uddasidan chiqadi.

Nacho Fernandec

«Real Madrid»ning ko‘p sonli ashaddiy muxlislari Nachoning 12 yoshidan beri qand kasalligi bilan og‘rishi haqida, ehtimol, bilishmasa kerak. Fernandesda bu xastalik aniqlanganida davolovchi shifokori futbolchi uchun bu kasallik ortiqcha xavf tug‘dirmasligini aytadi.

Bechora Nacho, mana bir necha yillardan beri o‘ta qattiq rejimda diyeta ushlab keladi. U hazil aralash: «Mening eng yaqin jamoadoshim bu – insulin. Chunki u men bilan har doim birga»,- deya izoh qoldirgandi Tvitterdagi sahifasida. Hozirda futbolchining o‘z diyetologi va shaxsiy shifokori mavjud. Ular Nachoning organizmini doimo kuzatib borishadi va bir haftalik taomnomasini oldindan belgilashadi. Shu sabab Nacho ko‘pincha klub bazasida ovqatlanmaydi va restoranlarga juda kam boradi, lekin shunga qaramasdan u yuqori formada o‘ynab kelmoqda.

Inson agar o‘z kasbini sevsa, unga mas’uliyat bilan yondoshsa, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladi.Matonatli shu yigitlar so‘zimiz isboti bo‘la oladi

Yahyo Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:06, 12.01.2019.
O'qildi: 9485 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.