Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Yazguli Xo‘jageldiyev: «O‘zbekiston bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishimiz zarur»

Yazguli Xo‘jageldiyev: «O‘zbekiston bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishimiz zarur»

Baho:
+ | -

Osiyo Kubogi guruh bosqichining 2-turi doirasidagi Turkmaniston–O‘zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida turkmanistonliklar bosh murabbiyi Yazguli Xo‘jageldiyev va jamoa yarimhimoyachisi Ahmet Atayev ishtirok etdi.

«Yaponiya darvozasiga ikkita gol urilgani ertangi o‘yin oldidan jamomizga ishonch bag‘ishlaydi. Yaponlarga qarshi o‘yinimizda kichik xatolar ko‘zga tashlandi, O‘zbekiston bilan bahsda ularni bartaraf etishimiz lozim.

Keyingi bosqichga chiqishimizga ishonyapmanmi? Ertaga ijobiy natija qayd etishimiz zarur, shunda pley-offga chiqish imkoniyatimiz oshadi», – dedi Xo‘jageldiyev.

Turkmaniston bosh murabbiyi yaxshi formadagi Artur Gevorkyan tarkibga jalb etilmaganini izohlar ekan, u bilan o‘rtasida hech qanday muammo yo‘qligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassis «Buxoro» yarimhimoyachisi Arslanmurat Amanovdan O‘zbekiston termasi haqida ma’lumot so‘rab olmaganini ham ta’kidladi.

«O‘zbekistonning Ummonga qarshi o‘yini meni hayron qoldirdimi? Turnirdagi birinchi o‘yin doimo qiyin bo‘lishini tushunaman», – dedi Xo‘jageldiyev. U yana bir savolga javoban Markaziy Osiyo futbolida O‘zbekistonning yetakchiligi kelajakda Turkmaniston qo‘liga o‘tishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, Indoneziya chempionatida to‘p suruvchi yarimhimoyachi Ahmet Atayev «O‘zbekiston terma jamoasidagi qaysi futbolchilarni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?» degan savolga Odil Ahmedov, deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, Uchrashuv mahalliy BAA vaqti bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 21:00da) Dubay shahridagi “Rashid Stadium” o‘yingohida boshlanadi. Uchrashuvda O‘zbekiston oq, Turkmaniston yashil rangli libosda harakat qiladi.

Mazkur bahsni BAA vakili Ammar Al Junaybi boshchiligidagi hakamlar boshqaradi.

Kiritildi: 21:09, 12.01.2019.
O'qildi: 7666 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.