Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Osiyo Kubogi kundaligi, 11-kun. Biz jangga tayyormiz! Siz-chi?

Osiyo Kubogi kundaligi, 11-kun. Biz jangga tayyormiz! Siz-chi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Reportajlar

Bugun, 13 yanvar kuni Osiyo Kubogidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin. Juda ham muhim o‘yin. Yon qo‘shnilarimiz turkmanlarga qarshi.

Kecha o‘yinoldi rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Turkmanistonlik hamkasblar bilan ko‘rishdik. Ertangi o‘yin haqida fikr almashdik. O‘ylashimcha, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Muxlislarga yoqadigan, tomoshabop. Matbuot anjumanida Ektor Kuper ham buni ta’kidlab o‘tdi.

Anjumandan keyin terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov OFKning hamkori bo‘lgan “Lagardere Sports” agentligi vakillariga intervyu berdi. Anzur bemalol ingliz tilida gaplasha olsa ham, OFK hamkorlari intervyuni rus yoki o‘zbek tilida berishni iltimos qildi.

Chunki bu videointervyu OFKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga qo‘yiladi, o‘zbekistonlik muxlislar ham bu intervyuni tushuna olsin, deb aytib o‘tdi.

Intervyuni tarjimasini esa titrlarda ingliz tilida yozib turamiz, deb qo‘shib qo‘ydi Pol. Aytgancha, uni tanishtirmabman. Pol Uilyams, “Lagardere Sports” agentligi jurnalisti. Aytish kerakki, bizning futbolchilarimizdan intervyu olishni istayotgan xorijiy jurnalistlar ko‘paymoqda.

BAAning «Al-Ittihod» gazetasi Fozil Musayevdan intervyu olishgani haqida aytib o‘tgandim. Bu safar ushbu gazetaning boshqa vakili – Munir Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Dostonbek Hamdamov bilan intervyu uyushtirishni so‘radi. Dostonbek har doimgidek kamtarlik bilan BAAning eng ko‘p tirajli gazetalaridan biri bo‘lgan “Al-Ittihod” muxbirining savollariga javob berib o‘tdi.

OAV bilan doimo aloqada bo‘lish, ularning so‘roviga rad javobini bermasdan, imkon qadar o‘z fikrlarini bildirib borish bu ham futbolchi kasbining bir qismi. Quvonarlisi, terma jamoamiz a’zolari OAV bilan aloqadan qochishmayapti. Professional o‘yinchi kabi so‘ralgan paytda (agar mashg‘ulot va kun tartibiga halaqit qilmasa) vaqtda intervyuga rozi bo‘lishmoqda. Bu quvonarli albatta.

Ertangi o‘yinga hamma narsa tayyor. Maydon ideal holatda. Ob-havo ajoyib. Jurnalistlar “qalamlarini charxlab” turishibdi. Futbolchilar allaqachon butsalarini tozalab qo‘yishgan ertangi uchrashuvga. Xullas, biz tayyormiz, Siz-chi?

Milliy terma jamoamizni qit’aning eng nufuzli musobaqasida qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz? Unday bo‘lsa ertaga Dubaydagi muxlislarni "Rashid" stadionida, O‘zbekistondagilarni esa ekran qarshisida kutamiz!

Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati

Dubay, BAA

Manba: UFA
Kiritildi: 01:33, 13.01.2019.
O'qildi: 4532 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.