Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Yevgeniy Valiskiyni tabriklaymiz!

Yevgeniy Valiskiyni tabriklaymiz!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun o‘zbek futboli uchun katta hajmda ish bajargan inson Yevgeniy Valikiy 90 yoshga to‘ldi.

Yevgeniy Borisovich turli yillarda o‘zbek futboliga ko‘plab iste’dodlarni tayyorlab bergan.

Yevgeniy Valiskiy futbolchilik faoliyatini Toshkentning “Spartak”, “Trud” jamoalarida o‘tkazgan. 1961 yildan boshlab esa murabbiylik sohasida xizmat qilib kelgan. Toshkentning SKA, “Sokol” jamoalarida tajribasini boyitdi. Aynan “Sokol” jamoasi bilan Qurolli Kuchlar kubogini qo‘lga kiritgach, 1963 yilgi mavsumning “Paxtakor” stadionidagi ochilish uchrashuvida 60000 tomoshabin ko‘z o‘ngida Yevgeniy Valiskiyga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoni topshirilgan.

Yevgeniy Borisovichning sa’yi harakatlari bilan “Neftyanik” (Farg‘ona), “Narimanoves” (Xorazm), “Sohibkor” (Halqabod) jamoalari sobiq Ittifoq birinchiliklarida o‘z o‘rni, mavqeiga ega bo‘lgan. Juda ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Ular orasida o‘z jamoalariga sadoqat ko‘rsatgan Yuriy Sarkisyan, Rustam Mirsodiqov singari mutaxassislar bor.

Valiskiy klublardagi murabbiylik faoliyati bo‘yicha ham aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan. 1999 yili Toshkent viloyatining “Do‘stlik” jamoasi bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Sobiq ittifoq yillarida “Paxtakor” va “Neftyanik” klublarida muvaffaqiyatli ishlagan.

Turli yillarda u “Paxtakor” (Toshkent), “Spartak” (Andijon), “Spartak” (Qozog‘iston), ”Neftyanik” (Farg‘ona), ”Lada” (Tolyatti), ”Navro‘z” (Andijon), “Do‘stlik” (Toshkent viloyati) klublarida murabbiylik qilgan. Gennadiy Krasniskiy, Stadnik, Birodar Abduraimov, Yuriy Pshenichnikov, Ahrol Inoyatov singari afsonalarni o‘zbek futboliga yetkazib bergan inson aynan Yevgeniy Borisovich hisoblanadi. "Paxtakor" futbol klubi 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan Yevgeniy Valiskiyni tabriklaydi va uning klubimiz, o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:58, 15.01.2019.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.