Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ektor Kuper: «Ertaga ba’zi futbolchilar dam oladi, ammo bizga faqat g‘alaba kerak»

Ektor Kuper: «Ertaga ba’zi futbolchilar dam oladi, ammo bizga faqat g‘alaba kerak»

Baho:
+ | -

Akmalxon Eshonxonov

Al-Ayn shahridan maxsus

“Ertaga Osiyoning kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. Biz faqat ertangi o‘yin haqida emas, pley-off bahsi haqida ham o‘ylayapmiz. 1/8 finalda qaysi raqibga qarshi maydonga tushishimizning ahamiyati yo‘q.

Raqib tanlash kerak emas. Ertaga faqat uch ochko uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritish. Yaponiyaga qarshi o‘zimizni eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilmoqchimiz.

Albatta, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Ammo ba’zi futbolchilarga dam berish rejamiz ham bor. Chunki biz pley-off haqida ham o‘ylashimiz kerak.

Misr terma jamoasini boshqarganimda, Afrika Kubogida jamoa yaxshi o‘ynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin o‘sha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O‘sha tajribamdan kelib chiqib, ertaga tarkibda ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qaysi futbolchilarga dam berish borasida bugungi mashg‘ulotdan keyin bir to‘xtamga kelamiz.

Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi Yaponiyaga qarshi o‘yinda bizga natijaning ahamiyati yo‘q degani emas. Albatta, biz uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Guruhni yuz foizlik natija bilan tugatish niyatimiz bor. Bir narsani tushunishingizni istardim. Pley-offda kuchsiz raqib bo‘lmaydi.

Har qanday raqibga qarshi o‘ynashga tayyor bo‘lish kerak. Biz bosh sovrinni qo‘lga kiritish maqsadida ushbu turnirga kelganmiz. Shunday ekan, har qanday raqib bilan o‘ynashga tayyormiz.

Yaponiyaga qarshi o‘yinlardagi statistikamiz yaxshi emas. Ammo bu statiskaning ertangi o‘yin uchun ahamiyati yo‘q. Ertangi o‘yin 90 daqiqadan iborat, bitta o‘yinda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Natijaga erishish uchun statistikadan kelib chiqib ish qilinmaydi. Biz O‘zbekiston terma jamoasida hammasini boshidan boshlaganmiz. Umid qilib qolamanki, ijobiy natijaga erishamiz.

Yaponiyani nimani evaziga yutishimiz mumkin? Bu haqida o‘zim biladigan narsalarni hozirgi matbuot anjumanida aytib o‘tirmayman. Yaponiya kuchli jamoa. Ammo har qanday kuchli jamoani ham mag‘lubiyatga uchratish mumkin. Biz shunga harakat qilamiz.

Ertangi o‘yinda muhimi g‘alaba qozonish. Pley-offni qaysi shaharda o‘tkazishning ahamiyati yo‘q. Bu ikkinchi darajali masala. BAAning barcha shaharlari chiroyli, barcha mehmonxonalarda sharoit a’lo darajda. Shu sababli bu muhim emas. Muhimi g‘alaba qozonish.”, dedi Kuper.

Ma’lumot o‘rnida, ertaga Yaponiya terma jamoasi ko‘k rangli libosda, O‘zbekiston esa oq rangli libosda harakat qiladi.

O‘yin Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan boshqaradi.

Manba: STADION
Kiritildi: 18:41, 16.01.2019.
O'qildi: 10390 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.