Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Samuraylar»ning O‘zbekistonga qarshi rasmiy mashg‘ulotidan foto+video!

«Samuraylar»ning O‘zbekistonga qarshi rasmiy mashg‘ulotidan foto+video!

Baho:
+ | -

Bugun, 16 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayid” stadionida rasmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

“F” guruhida birinchi o‘rinni aniqlab beradigan o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar OAV vakillari uchun ochiq bo‘ldi.

Jumladan, raqiblarimizning mashg‘ulotlarini Stadion.uz muxbiri Akmal Eshonxonov bevosita stadiondan turib kuzatdi.

Akmal Eshonxonovning aytishiga ko‘ra, yaponiyaliklar asosiy e’tiborni jarima zarbalarini amalga oshirish, uzoq va qisqa paslarni to‘g‘ri tashkillashtirishga qaratishgan. Shuningdek, raqib futbolchilari chiniqish, tez yugurish hamda ko‘ngilochar mashqlarni ham ado etishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu ertaga katta ehtimol bilan asosiy tarkib futbolchilariga dam berishi kutilmoqda.

Ammo murabbiy bugungi matbuot anjumanida, futbolchilaridan faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlari va oddiy g‘alaba qozonishni talab qilishini ta’kidladi.

Quyida Yaponiya terma jamoasining mashg‘ulotlaridan olingan fotosuratlar hamda videoni e’tiboringizga havola qilamiz. Video 15 yanvar kuni suratga olingan.

Manba: STADION
Kiritildi: 23:33, 16.01.2019.
O'qildi: 4106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик