Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yuriy Sarkisyan: «Asosiysi - natija»

Yuriy Sarkisyan: «Asosiysi - natija»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zingizga ma’lum, yaqinda Toshkentning «Bunyodkor» klubida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, klub bosh direktori Murod Aliyev o‘rniga Ulug‘bek Mirzayev tayinlandi. Jamoa bosh murabbiyi lavozimi esa tajribali mutaxassis Vadim Abramovga topshirildi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, klubning yangi ustoziga  Shuhrat Maqsudov va Yuriy Sarkisyanlar yordam beradigan bo‘lishdi. «Bunyodkor»dagi islohotlar, albatta, ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ayni paytda yurtimizdagi deyarli barcha futbol ishqibozlarining nigohi BAAda o‘tayotgan navbatdagi Osiyo kubogiga qaratilgan. Turkmanistonliklarga qarshi bahs oldidan biz Yuriy Vazgenovichni suhbatga tortdik.

- Yuriy Vazgenovich, suhbatimiz avvalida «Bunyodkor» jamoasidagi o‘zgarishlar borasida to‘xtalib o‘tsangiz...

- Futbolga befarq bo‘lmagan barchaning xabari bor, klubimizda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Deylik, klub rahbariyati o‘zgardi, jamoa murabbiylar shtabida yangi mutaxassislar, jumladan, oldin men bilan birga «Neftchi»da faoliyat yuritgan Vadim Abramov, shuningdek, farg‘onaliklar tarkibida futbolchi bo‘lib o‘ynagan, so‘ngra «Neftchi»da menga muntazam yordam bergan Shuhrat  Maqsudov ish boshlashdi. Shuningdek, «qaldirg‘ochlar» tarkibiga iqtidorli yosh futbolchilar jalb etildi. Ushbu o‘yinchilar yangi mavsumda o‘z mahoratlarini namoyish etib, «Bunyodkor»ning muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shishadi, degan umiddaman.

- Bizga ma’lumki, «Bunyodkor»da jamoaning sobiq futbolchisi Sergey Simonenkodan qarzdorlik borasida muammo yuzaga kelgan. Bu esa tabiiyki, ko‘plab ortiqcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Sizningcha, noqulay vaziyatdan chiqib ketishning yo‘li bormi?

- Umid qilamizki, yangi rahbariyat mazkur muammoni ijobiy tarzda hal etadi hamda klubimiz yangi mavsumda Superligada munosib ishtirok etish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Menimcha, ayni paytda klub mas’ullari mazkur muammo ustida izlanishyapti.

- Barchamizning diqqatimiz markazida turgan Osiyo kubogi-2019 musobaqasi haqida fikrlaringiz qanday? Mutaxassis sifatida mazkur qit’a chempionatining kutilmagan natijalari hamda milliy terma jamoamizning dastlabki o‘yini borasida nima deya olasiz?   

- Osiyo kubogi-2019ning kutilmagan natijalari borasida nima deyishim mumkin? Har qanday jamoa maydonda raqib unga qanday imkoniyat berishiga qarab, o‘yin ko‘rsatadi. Shunday ekan, grand terma jamoalarning ham ba’zida mag‘lubiyatga uchrashi - tabiiy holat. Yirik musobaqada bunday kutilmagan sensasiyalar bo‘lib turadi. Boisi, futbol yildan-yilga rivojlanib boryapti va buni deyarli barcha mamlakatlarda kuzatish mumkin. Milliy terma jamoamizning 1-turdagi ummonliklarga qarshi kechgan bahsi borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, asosiysi - natija edi. O‘sha uchrashuvda Ektor Kuper shogirdlari qanday o‘yin namoyish etishganidan qat’iy nazar, zafar quchishdi. Muhimi, shu.

- Siz 2000 yili Livanda o‘tkazilgan qit’a chempionatiga bosh jamoamizni olib borgandingiz. O‘sha birinchilik bilan taqqoslaganda, bu safargi Osiyo kubogida qanday o‘zgarishlar bor?

- Yuqorida ta’kidlaganimdek, futbol barcha mamlakatlarda rivojlan­yapti, o‘syapti. Ilgari futboli unchalik taraqqiy etmagan terma jamoalar bugunga kelib kuchli raqiblarga ham munosib qarshilik ko‘rsatishyapti. Buni mazkur qit’a chempionati tasdiqlamoqda. Bunga misol tariqasida avstraliyaliklarning Iordaniya termasidan mag‘lubiyatga uchrashgani hamda Xitoy termasining qir­g‘izistonliklar ustidan katta qi­yinchilik bilan g‘alaba qozonishganini keltirish mumkin. 2000 yilgi turnirdan buyon oradan ancha yil o‘tdi. Shuning uchun o‘sha musobaqani hozirgisi bilan solishtirish qiyin. Xullas, millionlar o‘yini jadal sur’atda taraqqiy topib bormoqda va rivojlanmoqda.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:43, 18.01.2019.
O'qildi: 6575 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.