«Barselona» «Los-Anjeles» klubi hujumchisi Karlos Vela transferi borasida kelisha olmayapti. Bu haqda «FootballEspana” xabar berdi.
Gap shundaki, «ko‘k-anorranglilar» hujum chizig‘idagi muammolar bartaraf etish uchun Velani mavsum oxirigacha ijara olmoqchi. Ammo MLS klubi meksikalik futbolchini ijaraga bermasligini, faqat sotishini ta’kidladi. Muzokaralar davom etmoqda.