Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

PFL Sport bo‘limi xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi

PFL Sport bo‘limi xodimi ta’magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi o‘zbek futbolida korrupsiya, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlarni yo‘qotish va ularga qarshi kurashish yo‘lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday noqonuniy harakatlar bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash va tegishli huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tekshiruv ishlari natijasida PFL Sport bo‘limi mutaxassisi Rodion Kondratyev ta’magirlik bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi.

U Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani "Yoshlar Ittifoqi"ning "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun lisenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari miqdorida pora so‘ragan. Bu haqida xabar topgan O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratyev O‘zbekiston Davlat Koservatoriyasining yonida 1 500 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Endilikda Rodion Kondratyev o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. Shuningdek, Rodion Kondratyev bilan birgalikda mana shunday ta’magarlikka qo‘l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ushbu holat mana shunday nopok maqsadlarni ko‘zlab yurgan boshqa shaxslarga ham ibrat bo‘lishiga umid bildirib, kimki poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi illatlar orqali o‘zbek futboli rivojiga to‘sqinlik qilishga urinadigan bo‘lsa, qonunda belgilangan qat’iy jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantiradi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:31, 18.01.2019.
O'qildi: 5026 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.