Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Futbol olamida hurmatini yo‘qotgan zamonamiz yulduzlari…

Futbol olamida hurmatini yo‘qotgan zamonamiz yulduzlari…

Baho:
+ | -

Futbol olamida millionlab fanatlarning mehrini qozongan futbolchilar ko‘p, lekin guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek futbolchilarning hammasi ham maqtovga loyiq emas…

Donnarumma

«Milan» jamoasidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab grandlar e’tiborini tortgan yosh darvozabon atrofida ko‘plab jamoalar «o‘ralashib» qoladi. O‘zi shundoq ham qiyin ahvolda turgan «Milan» uchun Donnarummani qo‘ldan chiqarib yuborishkatta xato bo‘lar edi.

Darvozabonning agenti ayyorlikda tengi yo‘q Mino Rayola esa uni «Yuventus», «Barselona», «Real Madrid» singari «beli baquvvat» klublarga tavsiya qila boshlaydi.

«Milan» yosh iqtidorni o‘z safida olib qolish uchun unga yangi shartnoma taklif qiladi. Donnarumma hamma ishni Rayolaning ixtiyoriga topshirib, o‘zi jarayonga aralashmay, chetga chiqadi. Rayola «Milan» mutasaddilari bilan uzoq davom etgan muzokaralarda Rayola yo uni sotasizlar, yoki juda ham yuqori maosh belgilangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilasizlar, deb turib oladi.

«Milan» bu futbolchini olib qolish uchun katta maosh belgilangan yangi uzoq muddatli shartnoma taklif etishdan boshqa chora topa olmaydi. «Milan» muxlislari o‘zi shusiz ham qiyin ahvolda qolgan jamoalaridan ortiqcha pul undirayotgan darvozabondan qattiq g‘azablanadilar. Bir necha bor Donnarummaning mashinasi oynalarini sindirib ketish bilan qoniqmagan muxlislar, hatto, uning uyi atrofida miting o‘tkazishadi.

Tifozilar bunga ham qoniqmay stadionda uni tinimsiz hushtakbozlik bilan kutib oladilar. Hatto, bir uchrashuvda unga 1 AQSH dollari qiymatidagi kupyuralar uyumini tinimsiz uloqtirishadi. Bunday qarshilikni kutmagan qahramonimiz ruhan ancha «sinadi». Hozirda Donnarumma avvalgidek iqtidorli va ishonchli hisoblanmasada, maoshi juda baland

Mauro Ikardi

Mauro Ikardi Italiyaga Argentinadan endi kelgan chog‘lari Maksi Lopez uni qo‘llab-quvvatlab turadi. Xatto, uni o‘z uyida yashashga taklif qiladi. Yosh yigitcha vatanidan uzoqda, qiyinchilik va yetishmovchilik paytida vatandoshi tomonidan uzatilgan yordam qo‘liga hiyonat qiladi. U Maksi Lopezning turmush o‘rtog‘ini o‘zidan bir necha yosh katta bo‘lishiga qaramasdan yo‘ldan uradi. Bu janjal oxiri ajrimgacha boradi…

Ikardi eng og‘ir kunlarda yordam qilgan insonning oilasini buzib yuboradi. Bu ham yetmagandek Lopezning sobiq ayoliga uylanadi va uning farzandlariga otalik qila boshlaydi.

Italiyaning mashhur mafiya otalaridan biri Maksi Lopezni o‘z qarorgohiga taklif etib unga: «Ularni o‘ldirishga buyurishimni xohlaysanmi?»- deb so‘ragan ekan. Lopez bunday qasd olishdan bosh tortgani haqida Italiya OAV ko‘p bor bong urdi.

Tog‘ri, bu voqea Yevropada katta shov-shuv ko‘tarmadi, lekin Argentinada matbuot Ikardini xalq dushmani darajasiga chiqarib qo‘yadi. Hatto, muxlislar uni terma jamoaga chaqirilmasligini so‘rab murojaat qila boshlaydilar

Ikardi esa hech narsaga parvo qilmay, «Inter» jamoasida to‘p surmoqda. U klub sardori bo‘lsa ham muxlislar orasida zarracha hurmatga ega emas.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:15, 18.01.2019.
O'qildi: 16122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.