Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Jaloliddin Masharipov: «Avstraliyadan alamimizni olmoqchimiz»

Jaloliddin Masharipov: «Avstraliyadan alamimizni olmoqchimiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Al-Aynda navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi. Futbolchilarimiz Avstraliyaga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Mashg‘ulotlar yakuniga yetgandan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyat bizga qo‘shimcha motivasiya bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, jamoa mag‘lubiyatga uchrasa, ko‘pchilikda tushkunlik kayfiyati bo‘lishi mumkin. Lekin bizda Yaponiyaga qarshi o‘yindan keyin ishtiyoq katta. Biz yaponlarga qarshi munosib kurashdik. Chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qildik. Avstraliya bilan ham mana shunday kurashamiz. Oxirigacha. Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Raqibdan qo‘rqish, cho‘chish umuman yo‘q. Yaponiyaga qarshi o‘yinda qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Avstraliyaga qarshi bundan ham kuchliroq o‘yin namoyish qilamiz.

Avstraliya terma jamoasi a’zolari ko‘proq yuqoridan to‘p uzatmalarini amalga oshirib, bosh bilan o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Shundan kelib chiqib, ularga qarshi o‘yinda to‘pni yerda saqlashga, ko‘proq qisqa paslar bilan raqib himoyasini yorib o‘tishga harakat qilamiz. Qatardagi Osiyo kubogida Avstraliya bizni 6:0ga mag‘lubiyatga uchratgan. Nimchorak final bahsida ana o‘sha mag‘lubiyat uchun alamimizni olmoqchimiz. Xudo xohlasa, g‘alaba biz tomonda bo‘ladi", — deydi Masharipov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:19, 18.01.2019.
O'qildi: 7908 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик