Kecha Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, yutqazib qo‘ydik. Lekin muxlislar bundan xafa bo‘lishgani yo‘q. Terma jamoamiz juda chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qildi. O‘yindan o‘yinga kuchayib borayotganimizni hammaga ko‘rsata oldik. Epizodlar hamma narsani hal qildi. To‘g‘ri, xatolar bor hali. Lekin o‘yinning umumiy tasviri barcha muxlislarga yoqdi. Kuperning ishi ko‘rinmoqda. Jamoada tartib bor, reja bor.
Kuper uzoqni ko‘zlab ish qildi. Sariq kartochkasi bor futbolchilarni maydonga tushirmadi. Qolaversa, yetakchilarga dam berishni ham maqsad qilgandi. Pley-offga tayyor bo‘lishlari uchun. Asosiy vazifa Yaponiyani yutish emas, Osiyo Kubogini yutish. Agar kecha Yaponiyaga qarshi o‘yinda guruhdan chiqish masalasi hal qilinayotgan bo‘lganda, natija uchun bor-budimizni tikkan bo‘lardik. Ammo biz pley-off yo‘llanmasini allaqachon hal qilib bo‘lganmiz. 21 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi maydonga tushamiz. O‘sha bizga Qatarda javobsiz 6ta gol kiritgan Avstraliyaga qarshi. Endi u kunlar qaytmaydi, u xatolar qaytarilmaydi. Boshqacha o‘yin bo‘ladi. Boshqa murabbiy, boshqa tarkib bilan umuman boshqacha o‘yin.
Avstraliya bilan bir mehmonxonada yashayapmiz. Ovqatlanishga chiqqanda, mashg‘ulotga ketish paytida ularning futbolchilarini uchratib qolyapmiz. Yaxshi kayfiyatda, xotirjam yurishibdi. Lekin murabbiyi Grem Arnold bir oz o‘ychanroq. U bilan birga liftga chiqdik. 6-qavat tugmachasini bosdi. Lift 6-qavatga kelib to‘xtasa hamki, janob Arnold liftda xayol surib turaverdi. Men: “Janob, 6-qavatga keldik” deganimdan keyin o‘ziga keldi. “O thank you” deb liftdan chiqib ketdi. Avstraliya uchun ham biz anoyi raqib emasmiz. Hammasini maydondagi kurash hal qiladi.
Bugun mashg‘ulotlar odatdagidek davom etdi. Futbolchilar yaxshi kayfiyatda. Tezroq Avstraliyaga qarshi maydonga tushishni istashmoqda. Katta ishtiyoq bor yigitlarda. Kuperni o‘zi ham mashg‘ulotlarda faol qatnashdi. Futbolchilar bilan birgalikda to‘p uchun kurashdi. Tinim bilgani yo‘q.
Al-Ayn ikkinchi uyimizga aylanib qoldi. Ancha o‘rganib qoldik bu shaharga. Xudo xohlasa, Avstraliya to‘sig‘idan o‘tsak, chorak finalni ham shu yerda o‘tkazar ekanmiz. Shu sababli yaxshilab joylashib olmoqchimiz.
Yaponiya bilan o‘ynab bo‘ldik. Endi ular bilan faqat finalda to‘qnash kelishimiz mumkin. Shu sababli Yaponiyaga “ko‘rishguncha!” deb qolamiz. Avstraliyaga esa katta “Salom!”. “Here we are. Uzbekistan”
Abduqodir Husanovning “Kristal Pelas”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi? [3991]
Endrik «Lion» bilan xayrlashdi [3915]
Xabi Alonso «Real»dagi faoliyatidan afsusda: «Boshqa bunday xatoga yo‘l qo‘ymayman» [3006]
Messining xet-triki bekor qilindi [2572]
Transfermarkt O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilarini ma’lum qildi (top-10) [2351]
U17 Osiyo kubogi. O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi [2327]
Florentino Peres «Real» muammolarining asl ildizi nimada ekanini ma’lum qildi [2228]
«Barselona» rahbari Florentino Peresga keskin javob qaytardi [1976]
La liga. «Alaves» - «Barselona». Flik rotasiyaga qo‘l urdi (tarkib) [1866]













