Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«O‘zbekistonga past nazar bilan qaramaslik kerak»

«O‘zbekistonga past nazar bilan qaramaslik kerak»

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogi musobaqasining nimchorak final bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. "Paxtakor" safida o‘ynagan avstraliyalik futbolchi Rostin Griffits O‘zbekiston terma jamoasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Ushbu futbolchi hozirda "Melburn Siti" sharafini himoya qilmoqda.

"O‘zbekistonga past nazar bilan qarab bo‘lmaydi. Bu jamoa safida bir qator iqtidorli futbolchilar bor. Bu jamoa Avstraliyaga jiddiy raqib bo‘ladi, ulrani oson yengish mumkin emas.

Avvallari bu termaga yaxshi murabbiy yetishmasdi. Xorijlik murabbiy kelishi bilan bu kamchilikni bartaraf etildi. O‘zbekiston futboli hozir rivojlanmoqda, futbolga katta pullar tikilmoqda. Shu paytgacha ular ortda qolishayotganini tushunib turishgandi. Kuper qo‘lostida mamlakatning eng yaxshi futbolchilari yig‘ilgan", — dedi avstraliyalik futbolchi.

Hujumchi Eldor Shomurodov Osiyo kubogida 4ta gol urib, to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Xo‘sh, "Rostov" futbolchisi terma jamao yetakchisi hisoblanadimi?

"Eldor — yaxshi o‘yinchi. Ammo u yetakchi emas. Odil Ahmedov — men uchun haqiqiy xavfli o‘yinchi. Terma jamoa o‘yini u orqali tashkil qilinadi. U O‘zbekistonning haqiqiy yetakchisi. U katta musobaqlarada ishtirok etgan. Hozirda Xitoyning eng kuchli jamoalaridan birida o‘ynayotgani — buning isboti.

O‘zbekiston terma jamoasi safida bir necha nafar futbolchilar bilan birga o‘ynaganman. Jaloliddin Masharipov — hozirda O‘zbekiston safidagi eng tezkor va texnik jihatdan kuchli futbolchi.

Shuningdek, Yegor Krimesni ham ta’kidlagan bo‘lardim. Uning tezligi yuqori emas va qizil kartochka olishga moyil o‘yinchi. Ammo u "sokkeruz"ga ko‘p tashvish keltirsa kerak.

Agar tezkor gol urib olsak, ishimiz oson bo‘ladi. Agar O‘zbekiston birinchi bo‘lib gol ursa, taktik jihatdan o‘yinni "o‘ldirib", bizga jiddiy muammo yaratishadi", — dedi Griffits.

"Hozirda o‘zbek futboliga ko‘p pul tikilmoqda. O‘zbekiston U23 terma jamoasi o‘tgan yili Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Ular mamlakatga qaytganidan keyin har bir futbolchiga yangi mashina va 50.000 dollardan pul berishdi. O‘zbek futbolida yaxshi o‘yinchilar hamisha ko‘p bo‘lgan, faqat yaxshi murabbiy yetishmas edi", — dedi futbolchi.

Griffits faoliyati davomida O‘zbekistondan tashqari, Xitoy, Gollandiya, Shotlandiya va angliyada o‘ynagan. Ammo Toshkentdagi hayot unga ko‘proq yoqqan.

"Boshidanoq Toshkent menga yoqib qoldi. Barchasi ajoyib edi. Ammo biz o‘rganib qolgan ko‘p narsalarni u yerda topish qiyin. Masalan, McDonald's, Shell yoki BP yo‘q. Shu bois, ayrim narsalarda qiyinchilikka duch keldim. Til bilan bog‘liq to‘siq esa men uchun eng katta qiyinchilik bo‘ldi. U yerda deyarli hech kim ingliz tilida gapirmaydi. Turmush o‘rtog‘im homilador bo‘lganini bilgan zahotim shartnomani uzaytira olmasligimni tushundim va Avstraliyaga qaytdim", — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Rostin Griffits.

Kiritildi: 11:56, 19.01.2019.
O'qildi: 14683 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик