Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda davom etadi

O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda davom etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

19 yanvar kuni Frankfurt shahrida, O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va Zamonaviy beshkurash Xalqaro ittifoqi prezidenti doktor Klaus Shormann bilan tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli xamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bahromjon Gaziyev O‘zbekistonda Zamonaviy beshkurashning holati va istiqbollari xaqida batafsil so‘zlab berdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Vatanimizda bu sport turiga ko‘p yillar davomida yetarlikcha e’tibor berilmadi. Biroq xozirgi paytda vaziyat o‘zgardi va endi huqumatning qo‘llab-quvvatlovi, O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federasiyasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasining sa’y-xarakatlari sababli O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash tarixida yangi sahifa boshlandi. Mutasaddilar qisqa vaqt mobaynida kuchli murabbiylar va bir nechta sportchi topishga muvaffak bo‘ldilar va shu sabab Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

Yaqin kelajakda O‘zbekistonda Zamonaviy beshkurash bo‘yicha maktab ochilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy beshkurashga bog‘liq bo‘lgan beshta sport turining trening-mashg‘ulotlari uchun shart-sharoitlar va musobaqalar o‘tkazish uchun yangi, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sport bazasi qurilishi kutilmoqda (ya’ni, qilichbozlik zali, suzish havzalari, yugurish yo‘laklari, o‘q otish maydonlari va konkur maydoni). Ushbu sport bazasida nafaqat zamonaviy beshkurash bo‘yicha, balki boshqa sport turlari bo‘yicha xam xalqaro musobaqalar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Doktor Klaus Shormann O‘zbekiston Zamonaviy beshkurashning xalqaro maydoniga qaytishini qo‘llab-quvvatladi va ushbu sport turini Pyer de Kuberten tomonidan yaratilgan ulkan an’analarini davom ettirgan holda xalqaro olimpiya sport turlari elitasi deb ta’kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston Zamovaniy beshkurash federasiyasining Xalqaro xamkorlik va mamlakatdagi ushbu sportni targ‘ib qilishning rahbariyat tomonidan tanlangan strategiyalarini yuqori baxoladi. O‘z navbatida, doktor Shormann Yevropa va Osiyo mamlakatlari federasiyalari bilan aloqalarni yaxshilashga yordam berishini va’da qildi.

Uchrashuvda doktor Shormann Zamonaviy beshkurashning davlatlar o‘rtasidagi yaqin aloqalarni o‘rnatishdagi muhim roli haqida so‘zlab berdi va islom madaniyatining ushbu sportga bo‘lgan munosabatini namuna sifatida aytib o‘tdi. U zamonaviy beshkurashning sport turlarini, ya’ni yugurish, suzish, ot ustida, to‘siqdan o‘tish va qilichbozlikning ahamiyatini tasdiqlovchi xadisni misol sifatida keltirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Bahromjon Gaziyev doktor Klaus Shormannga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bahromjon Gaziyevning navbatdagi rasmiy tashrifi Osiyo Zamonaviy beshkurash konfederasiyasi prezidenti Sangva Pak bilan bo‘lishi kutilmoqda. Xozirgi vaqtda ushbu uchrashuvning sanasi va joyini kelishib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:04, 20.01.2019.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.