Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yengil atletika. Safina Sadullayeva Qozog‘istondagi musobaqada g‘olib bo‘ldi

Yengil atletika. Safina Sadullayeva Qozog‘istondagi musobaqada g‘olib bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonning Oskemen (Ust-Kamenogorsk) shahrida Olimpiada chempioni Olga Ripakova sovrini uchun an’anaviy beshinchi xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Turnirda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Armaniston, Gruziya, Belarus, Ukraina va O‘zbekistondan sportchilar ishtirok etishdi.

Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida dastlabki ikki o‘rin hamyurtlarimizga nasib etdi. Safina Sadullayeva 192 sm balandlikni zabt etib, o‘z shaxsiy rekordini yangiladi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu o‘zbek yengil atletikasi uchun beshinchi natija hisoblanadi. Bungacha Lyudmila Butuzova, Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova 198 sm, Svetlana Munkova (Ruban) 194 sm balandlikka sakray olgan.

Musobaqaning kumush medalini esa 188 sm natija ko‘rsatgan Nadiya Dusanova qo‘lga kiritdi. Balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan uchinchi hamyurtimiz Alina Yablokova 175 sm natija bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

800 metrga yugurish bahslarida Xurshid Ahmadaliyev 1:52.58 daqiqalik ko‘rsatkich bilan g‘alaba qozondi. 3000 metrga yugurishda Otabek Toshquvvatov 8:52.17 daqiqada oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurish bellashuvlarida Ergash Normurodov 8:21 soniya natija bilan beshinchi pog‘onadan joy oldi.

Uchxatlab sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilarimiz mos ravishda 6-7-8 o‘rinlarni egallashdi (Ivan Denisov – 15.66 m, Dmitriy Pupko – 15.40 m, Ruslan Kurbanov – 15.33 m).

4x200 aralash estafetasida jamoamiz 1:36.67 natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi. E’tiborlisi, ushbu estafetada Nadiya Dusanova ham o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:12, 20.01.2019.
O'qildi: 1814 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.