Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Osiyo Kubogi kundaligi, 19-kun. Yo hayot, yo mamot!

Osiyo Kubogi kundaligi, 19-kun. Yo hayot, yo mamot!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
Ertaga Avstraliyaga qarshi o‘yin. Yo hayot, yo mamot! Barcha buni tushunib turibdi. Barcha buni his qilib turibdi. Menga eng yoqayotgani, bosh murabbiy va yigitlarda qo‘rquv yo‘q. Ular ruhan tayyor o‘yinga. Maydonga chiqishga va jang qilishga tayyor!

Bugun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli tomoni, biz matbuot anjumaniga o‘xshash tadbirlarga OFK tomonidan ajratilgan avtomashinalarda boryapmiz. Avstraliya bosh murabbiyi va futbolchi esa jamoa avtobusida kelishdi. Ularga ajratilgan mashinalar band bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. Yo‘q, keyinroq komissar ishtirokidagi mitingga ham jamoa rasmiylari avtobusda kelishdi. Ularda o‘ziga xos shunday odat – irim bor ekan. Ikkita odammi, bitta odammi – farqi yo‘q, har bir tadbirga jamoa avtobusida borisharkan.

Matbuot anjumanida Kuper ancha ishonch bilan gapirdi. Shu bilan birga Avstraliyani kuchli jamoa ekanini ham aytib o‘tdi. Tabiiyki, Avstraliya bosh murabbiyi Grem Arnold ham shunga o‘xshash fikrlarni bildirgan. 

Ertaga qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Har ikki jamoa ham futbol o‘ynaydigan jamoalar. Bir biriga futbol o‘ynashga imkon beradigan jamoalar. Neytral muxlislar uchun ham qiziqarli uchrashuv bo‘lishi aniq.

Mashg‘ulotlar doimgidek ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Futbolchilar standart vaziyatlardan gol kiritishni mashq qilishdi. Keyin qanotlardan hujum tashkil qilish va raqib hujumlarini bartaraf etish bo‘yicha ham ish olib borildi. Kuperni o‘zi futbolchilar bilan birga maydonda rosa yugurdi. Uning harakatlarini kuzatib turgan hamkasblarimdan biri hazil aralash: “Ikkinchi taymda 15-20 daqiqaga maydonga tushishgayam kuchi bor hali Kuperni”, - dedi. 

Haqiqatan ham, uning shijoatiga qoyil qolmay iloji yo‘q. Ertaga Kuper uchun ham jiddiy sinov. Yaponiyaga qarshi o‘yinda pley-off masalasini hal qilib bo‘lgandik. Shu sababli natija uchun ko‘p qayg‘urmadik. Ammo ertaga xato qilishga haqqimiz yo‘q. Bitta o‘yin, g‘olib ishtirokini davom ettiradi. Mag‘lub esa...

Bugun nimchorak final o‘yinlariga start berildi. O‘z guruhida uchinchi o‘rinni olib keyingi bosqichga chiqqan Vyetnam sensasion tarzda penaltilar seriyasiga ko‘ra Iordaniyani musobaqadan chiqarib yubordi. Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratgan Iordaniyani. Shuningdek, Xitoy ham Tayland ustidan g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l oldi. Umid qilib qolamizki, ertaga biz ham ularning safida joy olamiz! 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:17, 20.01.2019.
O'qildi: 8221 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик