Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

«Navbahor» futbol klubi rasman ogohlantirildi

«Navbahor» futbol klubi rasman ogohlantirildi

Baho:
+ | -

“Navbahor” futbol klubining yuksalishida viloyat hokimi Xayrulla Hayitboyevichning xizmati ancha katta. Shaxsan uning tashabbusi bilan “Navbahor” stadionida katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Klub bosh arenasi maysasi 2019 yil ekvatorida “Nasaf” futbol klubinikidek ko‘rinish olishi yo‘lida ishlar davom etmoqda.

Viloyat hokimining bu e’tibori samarasi o‘laroq “Navbahor” o‘tgan mavsum sovrindorlar safiga qaytdi. Kelasi mavsumda jamoa chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi kutilyapti.

Biroq klubda faoliyat olib borayotgan ayrim rahbarlar “Navbahor” futbol klubining imidjiga putur yetkazishi mumkin. Jamoaning futzalchilar va ayol futbolchilar oldida qarzi bo‘lishiga qaramay, asosiy jamoa Turkiya yig‘iniga jo‘nab ketdi. PFL bu haqda klubni rasman ogohlantirganiga qaramay, jamoa o‘z bilganicha ish tutdi.

“Navbahor” uch kun muddat ichida bu borada tushuntirish berishi talab etiladi. Yo‘qsa, klubni katta miqdorda jarima kutadi. PFL mazkur jarimani o‘z haqini ololmay yurgan futzalchi hamda ayol futbolchilar uchun sarf etadi.

Shuningdek, “Navbahor” qarzlar bilan bog‘liq muammoni hal qilmaguniga qadar birorta ham futbolchini PFL ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Rekonstruksiya qilinayotgan stadion klub rivoji va Namangan futboli taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilishiga shubha yo‘q. Biroq ishlar professional tarzda yo‘lga qo‘yilmaguniga qadar, “Navbahor” keyingi operasiyalarini amalga oshira olmaydi. 

Klub, shuningdek, jamoa bosh direktori haqida ham rasmiy ma’lumot berishi va uning maqomini PFL talabi bo‘yicha belgilab berishi talab etiladi. PFL bilan muloqotga kirishayotgan klub vakili hech qanday maqomga ega bo‘lmagani holatida uning fikrlari inobatga olinmaydi. Klubga hech qanday aloqasi bo‘lmay turib, uning ishlariga aralashayotgan shaxslar esa O‘FA tomonidan diskvalifikasiya qilinadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:07, 21.01.2019.
O'qildi: 7867 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик