Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston turnirni boshini baland ko‘tarib tark etdi

O‘zbekiston turnirni boshini baland ko‘tarib tark etdi

Baho:
+ | -

Taqdirning shavqatsiz xohishi evaziga uchralgan mag‘lubiyat ertangi g‘alabaning kaliti bo‘lib xizmat qilishini ko‘p bor guvohi bo‘lganmiz.

Bugungi tun o‘zbek futbol muxlislarining hayotlaridagi eng uzuni bo‘lsa, ajab emas, lekin tan olaylik futbolchilarimiz bugun maydonda borini berishdi.

Ektor Kuper o‘z falsafasini jamoaga singdira olganini uchrashuvda gol o‘tkazib yubormaganimiz bilan bemalol izohlasak bo‘ladi.

Bu turnirda jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan futbolchilarimizga hech kimda negativ fikr bo‘lmasa kerak. Zero, ular bugun o‘z bo‘ylaridanda balandroq sakray olishdi.

O‘yin haqidagi fikrimni bir og‘iz so‘z bilan ifoda etaman: Bizning milliy terma jamoamiz YENGILMADI! Shunchaki, omad bizdan yuz ogirdi, xolos.

Ektor Kuper 4 oydan sal ko‘proq vaqt mobaynida «nimadir» qila oldi. O‘zbek futboliga begona bo‘lgan tartibli himoyaning hidi jamoamiz o‘yinidan shundoq kelib turipti.

Bu maqola bugungi o‘yinning antiqahramonlarini oqlash, yoki boshqa maqsadda yozilmadi. Bugungi tunni xuddi mendek yuragi o‘rtanib, qanday o‘tkazishni bilmay, dunyolarga sig‘may ketayotgan fanatlar ko‘nglidagi mag‘lubiyat alamiga ozgina bo‘lsada malham bo‘lishini xohladim, xolos.Bu turnirdagi qayd etgan natijamizdan qat’iy nazar terma jamoam bilan fahrlanaman. Ular bugun Osiyo kubogining amaldagi chempionlari bilan arslonlardek so‘nggi soniyalargacha kurashishdi, lekin futbolda omad deb ataladigan shavqatsiz faktor bugun eng hal qiluvchi pallada Avstraliya tomoniga o‘tib ketdi…

Hayot o‘z ritmida davom etmoqda. Bugungi mag‘lubiyatimiz ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni zarracha ham kamaytirmasligi shart! Sababi, biz hali «katta» maydonlarga, «katta» g‘alabar uchun, albatta, qaytamiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:30, 21.01.2019.
O'qildi: 13086 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.