Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Agar termaga kuchli murabbiy kerak bo‘lsa...

Agar termaga kuchli murabbiy kerak bo‘lsa...

Baho:
+4 | -1

...u bizda bor. Misr JCHda hech narsa qila olmadi, deyishdi. Ammo Kuper Misrni 28 yil deganda JCHga olib chiqqanini unutishdi.

Kuperning “Valensiya”ni hali ham yoqtiraman. Kuper Yevropa futboli havosini terma jamoaga olib kira olganini futbolchilarning yechinish xonasigacha kirib chiqqan odam sifatida aytaman. Avvalgidek talvasa, taranglik yo‘q u yerda. Hamma narsa erkin, irim-sirimlar yo‘q, sodda va oddiy inson. Ishonch balki shundan paydo bo‘lgan.

O‘FA munosabati

Kuper nima talab qilgan bo‘lsa, hammasi bo‘ldi. FIFA kunlarida 2 tadan o‘rtoqlik o‘yinlari, xorij yig‘inlari, libos, hatto har bir texnik hodimini rag‘batlantirishga qadar.

Milliy termaga munosabat o‘zgargan, unga korrupsioner kimdir kelayotgani yo‘q bosh murabbiy bo‘lib. Jahon tanigan, bilgan, yillar davomida tajriba to‘plagan odam va nihoyat unda ishlayapti.

Masharipovda, Shomurodovda, Hamdamovda, Shukurovda o‘sish sezildi. Ular avvalgi murabbiyda ham bor edi, biroq to‘g‘ri foydalanilmagan. To‘xtaxo‘jayev, Ismoilov o‘z pozisiyasida yaxshi o‘ynayapti, Hoshimov o‘yiniga qo‘shgan. Hali sinab ko‘rilmagan Hamrobekov, G‘aniyevlarimiz bor. Avlodlar almashinuvi juda og‘ir kechmayapti. Faqat ishlashda davom etish kerak.

Superliga

Maydonlar, akademiyalar talabi bekorga emas. Arab stadionlarida bo‘ldik, tribunalari vohahay stadionlarda o‘ynab ulgurmadi O‘zbekiston. Biroq maysa gilamdek. Bir klub uchun kamida 4 ta shunday maydonlar bor. PFL birinchisini majburlasa, akademiya shart desa, shunga qarshi bayroq ko‘tarayotgan mutaxassislar, hamkasblarim bor. Shularni qilmay turib, aybni Kuperdan izlash qanchalik to‘g‘ri? Kelganiga 1 yil ham to‘lmasidan yana.

Superliga kuchaysa, terma kuchayadi. O‘sha Abramov, o‘sha Qosimov, Arveladze, Berdiyev, Fyodorov, Lushan raqobati rosa kerak. Bir klubda ishlab, boshqa klubning ketini o‘pib yurgan rahbarlar, mutaxassislar yo‘qmi? Kelishilgan o‘yinlarda indamay o‘ynaydigan mutaxassislarga to‘lib yotibdi futbol. PFL nima qilyapti, deyishadi. Nima qilsin? Qo‘liga kishan solsinmi, o‘zi qonunlarni buzib telefon qo‘ng‘iroqlarini eshitsinmi, kechalari kimnidir poylab yursinmi? Bunga PFLda kimning aqli yetadi? 

Murabbiy ishlayapti, jamoa o‘rganyapti. Siz ham talab qiling klubingizdan, soliqlaringiz evaziga qaysidir rahbar uni boshqaryapti. Hisobot bersin har yili, qancha pulni futbolchilarga, qanchasini o‘ziga, qanchasini bolalar futboliga sarflaganini aytsin. Qaysi ishlari uchun rahbar bo‘lganini kimdir tushuntirsin. Jahon futbolini kuzatadimi o‘zi u? Kuper bosib o‘tgan yil haqida biladimi? O‘zimizning reglament, nizomlardan xabari bormi? Klub smetasidan boshqasiga aqli yetadimi? 

Men jamoadan hafa emasman. Bekxemlar, Messilar, Badjolar urolmagan penalti uchun Bikmayevni 15 yildan keyin ham ayblab o‘tirmayman. 15 yil deganda Bikmayevga o‘rinbosar tayyorlay olmagan futbolni ayblash kerakmi yoki Kuperni? Xorijiy darvozabonga cheklov qo‘yib erishganimiz nima bo‘ldi? Nesterovga o‘rinbosarlar chiqdimi 10 talab?

 

Chorak finalga chiqqan Xitoydan, Vyetnamdan, BAAdan kuchsizmidik? Avstraliya ham bir bosh ustun emasdi. JCH saralashida shular bilan o‘ynaymiz. Ish davom etsa, futbolchilar o‘z ustida ishlashdan to‘xtamasa, daraxt balki mevaga kirar. Ol pichoqni, kes cho‘choqni qilavergan bilan ish bitmaydi.

Biz Kuperga, Avstraliyaga, futbolchilarga qarshi kurashishdan oldin, nafsimizga qarshi kurashishni o‘rganishimiz kerak. Bu futbolni odam qilib olish uchun vaqt kerak. Jamiyat ham, qolgan sohalar ham, hamma-hammamiz o‘zgarishimiz kerak. Faqat boshni yuvavergan bilan inson tahoratli bo‘lib qolmaydi. Korrupsiyaga, boqimandalikka, monopoliyaga qarshi jiddiy kurashimiz qolgan sohalar kabi futbolni ham odam qiladi. Kechagi kun faqatgina Kuperning aybi emas. 

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:55, 22.01.2019.
O'qildi: 18788 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.