Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Paxtakor» Akram Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev va Aziz Turg‘unboyevni OCHL-2019 uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

«Paxtakor» Akram Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev va Aziz Turg‘unboyevni OCHL-2019 uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

Baho:
+1 | -

Mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘z ishtirokini boshlasa, O‘zbekiston vise-chempioni “Paxtakor” va kubok sohibi AGMK mazkur musobaqaga saralashdan kirishadi. 

Saralash bahslari ancha erta boshlangani boisdan ayni kunlarda AGMK va “Paxtakor” saralash bahslarida qatnashuvchi o‘yinchilarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshladi. Kecha AGMK jamoasi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Bugun “Paxtakor” jamoasi ham yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan o‘yinchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirdi. 

“Paxtakor” jamoasi hozircha 3 nafar yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bular – Akram Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev hamda Aziz Turg‘unboyev. “Paxtakor” rasmiylari har uchala futbolchi bilan ham tuzilgan shartnomalarni taqdim qildi. PFL endilikda mazkur o‘yinchilar ro‘yxatini Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi. 

Alohida qayd etish joizki, qit’a Chempionlar ligasidan farqli ravishda O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida “Paxtakor” safida maydonga tushishda Sardor Sobirxo‘jayevda aslo muammo bo‘lmaydi. Lekin “Paxtakor” jamoasi Superligada o‘ynash uchun futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadigan payt kelganida hali 23 yoshga to‘lmagan Akram Komilov uchun uni tarbiyalagan “Bunyodkor” klubiga pul o‘tkazib berilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim bo‘ladi. 

Shuningdek, PFL Aziz Turg‘unboyevning “Paxtakor” futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi jarayonida Toshkent klubi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqdi va hozircha ushbu o‘yinchining “Paxtakor” safida o‘ynashiga to‘sqinlik qiluvchi jihat ko‘rayotgani yo‘q. “Navbahor” klubi esa bunday shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilmadi. Agar Aziz Turg‘unboyevning “Navbahor”dan “Paxtakor” safiga ko‘chib o‘tishida qandaydir qoida buzilishi aniqlansa, unda qoida buzgan taraf (futbolchi yoki ikki klubdan biri) albatta jazolanadi. 

Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston vise-chempioni “Paxtakor” OCHL-2019 saralashi ikkinchi o‘tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.  

 
Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:59, 22.01.2019.
O'qildi: 7125 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.