Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Neftchi» qarorgohidan daraklar...

«Neftchi» qarorgohidan daraklar...

Baho:
+ | -

Avval xabar berib o‘tganimizdek, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi shu kunlarda Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqda.

Klub matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, Qirgulidagi yig‘inga bosh murabbiy Bahrom Haydarov boshchilik qilmoqda. Unga katta murabbiy Diyor Alijonov hamda yoshlar murabbiyi Abdusamad Do‘rmonovlar yordam berishmoqda. “Neftchi” a’zolarini jismoniy holatini yaxshilash borasida Ilhom Zaylobitdinov mehnat qilmoqda. Xislat Chilmatov esa doimgidek darvozabonlar bilan ishlayapti. Murabbiylar shtabi futbolchilarga ikki maxaldan mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Kecha oqshom bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot davomida jamoa ikki guruhda bo‘lingan holda kichik bellashuv ham o‘tkazdi.


Jamoa bilan shartnomasi yakuniga yetgan bir qator o‘yinchilar “Neftchi” bilan xayrlashdi. Ijara muddati tugagan futbolchilar esa sobiq jamoalari safiga qaytib ketishdi. Ayni paytda “Neftchi” jamoasi safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishmoqda. Agarda ushbu o‘yinchilarning xatti-harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelsa ular bilan shartnoma imzolanib, klub rasmiy sayti orqali e’lon qilinadi. “Neftchi” klubi rahbariyati o‘tgan mavsum davomida jamoa sharafini himoya qilgan bir qator o‘yinchilarni ortda qaytarish yoki ijara asosida klubga chorlash bo‘yicha muzokalar olib bormoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, yangi futbolchilar borasida kelishuvlar rasman yakunlangach ularning ismi-shariflari ma’lum qilinadi.

Tez kunlarda Farg‘onada an’anaviy “Hokim Kubogi” bahslari boshlanadi. “Neftchi” jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etishi reja qilingan. Farg‘ona futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqada Superliga, Pro-liga hamda qo‘shni Respublikadan bir qator jamoalar ishtirok etishini kutilmoqda.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:49, 23.01.2019.
O'qildi: 3920 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик