Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imomov Turkiyada uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imomov Turkiyada uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi xalqaro aloqalarni mustahkamlash orqali mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan.

Bu yo‘lda Turkiya kamondan otish federasiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilinmoqda. Shu munosabat bilan kecha, 22 yanvar kuni O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi Otabek Imomov Turkiyada uch tomonlama uchrashuvda qatnashdi. Unda Turkiya kamondan otish federasiyasi prezidenti, Turkiya kamonchilar Fondi rahbari Xaydar Ali Yildiz va Butunjahon etnik sport turlari konfederasiyasi prezidenti Bilol Erdogan ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda kamondan otish sport turini rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik rishtalarini mustahkamlash va kamondan otish an’ana va qadriyatlarini saqlab qolish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzoladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiyada musobaqalar o‘tkazish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, terma jamoa murabbiylari va sportchilari uchun dastur ishlab chiqish masalalarida fikr almashildi.

Yuqori ruxda tashkil etilgan uchrashuvda Haydar Ali Yildiz va Bilol Erdogan ushbu hamkorlik nafaqat kamondan otish, balki boshqa sport turlarini ham rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:04, 23.01.2019.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик