Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Eng omadsiz futbolchilar

Eng omadsiz futbolchilar

Baho:
+1 | -

Hamma sohada bo‘lganidek futbolda ham omad kerak ekan. Bunga quyida nomlari zikr etiladigan qobiliyatli, ammo omadsiz qahramonlarimiz misol bo‘la oladi.

Patris Evra

Bu futbolchining kariyerasiga har qanday yosh futbolchi havas qilsa arziydi. Patris ajoyib futbolchi bo‘lishiga qaramasdan naqd 4 bor CHL finallarida mag‘lubiyatga uchragan. Avvaliga «Monako» bilan, keyin «Manchester» bilan ikki bor, so‘nggi finalni esa «Yuventus» safida boy bergan. Eng achinarlisi, o‘z yurtida o‘tgan «Evro – 2016» musobaqasida ham finalda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oladi.

To‘g‘ri, Fransiya 2 yildan so‘ng mundialda g‘olib bo‘ldi, lekin u tarkibda Evraga joy topilmagan edi. Afsuski, Patris Ko'plab finallarni boy berdi

Ariyen Robben

Bu futbolchi haqida alohida maqola yozsak ham uning to‘liq omadsizliklarini keltirib o‘ta olmasak kerak. Robben yaqin 15 yillikning Gollandiya futbolidagi eng kuchli futbolchisi bo‘lishiga qaramasdan, eng omadsizi ham hisoblanadi. Avvaliga Mourinyo qo‘l ostidagi «Chelsi» da o‘ynagan paytlari jarohatlar uni doim ta’qib qilib yuradi va to‘liq imkoniyatlarini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaydi. Keyinchalik «Real Madrid»ning omadsiz yillarida jamoa bilan birga bo‘ladi va u yerda ham deyarli hech narsaga erisha olmaydi. Hozircha so‘nggi bo‘lib turgan bekat yani «Bavariya» da ham ishlar birdaniga yurishib ketmaydi. 2010-yildagi CHL finalini boy bergan Robben 2 yil o‘tib Myunhendagi finalning antiqahramoniga aylanadi. Ekstra taymlarda penaltidan Chex darvozasini ishg‘ol qila olmagan qahramonimiz jamoasi o‘sha finalni juda alamli tarza futbol lotareyasida boy berishadi.

Robben 2010 yilda JAR da o‘tkazilgan mundial finalida Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvda ikki bor yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmaydi va Gollandiyaning orzularini puchga chiqaradi.

To‘gri, keyinchalik Robben «Borussiya Dormund» ga qarshi kechgan final uchrashuvida hal qiluvchi golni urib, uzoq kutilgan chempionlikka erishadi, lekin juda ko‘p narsa boy berib bo‘lingan edi. Afsuski, Robben aqlbovar qilmas texnika va tezlikka ega bo‘lsada, futbol olamida deyarli hech narsaga erisha olmadi.

Ballak

Avvaliga, «Bayer» jamoasining doimo ikkinchi ekanligidan nolib, «Bavariya»ga yo‘l olgan qahramonimiz u yerda ichki chempionatdan boshqa hech narsa yutmadi. So‘ng katta orzular bilan «Chelsi» safiga borib qo‘shiladi. U yerda avvaliga 2008-yilda Moskvadagi finalni boy beradi. Keyingi mavsumda CHL yarim finalida «Barselona»dan hakamlar xatosi evaziga alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oladi. Bu orada u JCH va Yevropa chempionatlarida kumush va bronza medallarga ega chiqadi. Buni qarangki, u «Chelsi»dan ketishi bilan klub o‘zining orzusini amalga oshiradi…

Ballak klublar doirasida ham, terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalarda ham doim g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar safida harakat qilsada, hech narsa yuta olmagan.

Uning potensiali juda ham yuqori edi. U doim o‘z ustida qattiq ishlar, mashg‘ulotlarda borini berardi. Afsuski, shavqatsiz taqdir unga hech qanday kubokni loyiq ko‘rmadi. Oltin to‘p uchun so‘rovlarda Ballak doim kuchli 10 talikdan u yog‘iga o‘tmadi. Hatto bir marta bo‘lsada Yevropaning eng kuchli o‘yinchisi deb ham e’tirof etilmadi. Eng achinarlisi shundaki, u bu yutuqlarning hammasiga loyiq edi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 23.01.2019.
O'qildi: 11509 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик