Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQda sport tibbiyoti bo‘yicha ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

MOQda sport tibbiyoti bo‘yicha ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh kotib Jasur Matchanov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari professor Abdushukur Sodiqov, sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar, markaz xodimlari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda sport tibbiyotini rivojlantirish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan markaz zimmasida ulkan vazifalar turibdi. Shu boisdan, soha tibbiyoti oldida turgan vazifalarni izchil davom ettirishda ilmiy nazariyaning roli benihoya katta.

Yig‘ilish davomida ilmiy kengashning 2018 yilda amalga oshirgan ishlari sarhisobi va joriy yilgi rejalari tinglandi. Bundan tashqari, markaz faoliyatini takomillashtirish, asosiy strategiya, rivojlanish konsepsiyasi va ilmiy-tashkiliy masalalar muhokama qilinib, sport tibbiyoti, tibbiy va maxsus psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul yakunlari haqida ham ma’lumot berildi. Shu bilan bir qatorda xalqaro hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar kun tartibidagi mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:46, 24.01.2019.
O'qildi: 1861 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.