“Betis” yarim himoyachisi Takashi Inui faoliyatini “Alaves”da davom ettiradi.
30 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini “Alaves”da o‘tkazadi. Inui “Betis”ga yozgi transferlar vaqtida o‘tgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsum yaponiyalik futbolchi La Ligada 8 ta o‘yinda qatnashdi.