Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston OTJ loyihasi menda yaxshi taassurot qoldirdi»

Lyubinko Drulovich: «O‘zbekiston OTJ loyihasi menda yaxshi taassurot qoldirdi»

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, bir necha kun oldin O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga serbiyalik Lyubinko Drulovich bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bugun, 25 yanvar kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Olimpiya terma jamoamizning yangi murabbiyi OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

«Avvalambor barchaga salom. Bu yerda ekanligimdan xursandligimni aytib o‘tmoqchiman. Bir oy oldin bu yerga kelib O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi haqidagi loyiha bilan tanishib chiqqandim. Ushbu loyiha menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Shu sababdan ham men shartnoma imzoladim. Umid qilamanki, biz o‘z maqsadimizga yetamiz», – deb so‘z boshladi murabbiy.

Shundan so‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murabbiyga murojaat qilishdi.

Terma jamoamiz haqidagi fikri

Shuni ta’kidlashim lozimki, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi Osiyo chempionatida O‘zbekiston juda yaxshi harakat qildi va chempionlikka erishdi. Bu albatta osonlik bilan qo‘lga kiritilmaganini bilaman. Yangi shakllantiradigan Olimpiya terma jamoamizda o‘tgan yilgi tarkibdan uzog‘i bilan 7-8 nafar futbolchi o‘ynashi mumkin. Bu esa biz hali ko‘p ishlashimiz lozimligini bildiradi. Umid qilamanki, yangi terma jamoani shakllantirishda ortiqcha muammolarga duch kelmaymiz.

Osiyo chempionatining saralashi haqida

Oldimizda ikki oy vaqt bor. Birinchi galdagi vazifamiz saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdir. Uchrashuvlar O‘zbekistonda bo‘ladi va biz ushbu bahslarda g‘alaba qozonib, Osiyo chempionatining finaliga yo‘l olishimiz talab etiladi. Nasib etsa, bu vazifani albatta uddalay olamiz.



Murabbiylar shtabi

Murabbiylar shtabi haqida gapiradigan bo‘lsam, bu borada menga ikki nafar serbiyalik mutaxassis yordam beradi. Shuningdek, Ravshan Haydarov ham terma jamoamizda faoliyat olib boradi. Serbiyalik yordamchilarim rus tilida muloqot qila olishadi. Bu ishimizda katta ahamiyatga ega – bir-birimizni tushunishimizda, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda bu yordam beradi. Ravshan Haydarov bilan esa 1 oy oldin Toshkentga kelganimda suhbatlashgandim. U Olimpiya terma jamoasi uchun nomzod futbolchilarni yaxshi taniydi. Shu sababdan ham u jamoamiz uchun yordam bera oladi deb hisoblayman.

Saralash o‘yinlarigacha ulguramizmi?

Terma jamoani Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorlash uchun ikki oy yetarli deb o‘ylayman. Fevralda Toshkentda yig‘ilamiz. Keyin esa Ispaniyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashamiz. Mazkur yig‘inda o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazamiz.

Saralash bosqichidagi raqiblar haqida

Qit’a chempionatining saralash bahslarida bizga qarshi maydonga tushadigan raqiblarimiz haqida ayrim ma’lumotlar bor. Shuni qayd etishim lozimki, bizda yaxshi murabbiylar shtabi shakllantirilmoqda. Biz birgalikda raqiblarimiz haqida yanada ko‘proq ma’lumot to‘playmiz va o‘rganib chiqamiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:31, 25.01.2019.
O'qildi: 4204 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.