Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

PFL vakillari reglament yuzasidan Lyubinko Drulovich bilan uchrashuv o‘tkazdi

PFL vakillari reglament yuzasidan Lyubinko Drulovich bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga Lyubinko Drulovich murabbiy etib tayinlangach, PFL vakillari mazkur mutaxassis bilan uchrashish taklifini bildirgandi. Uchrashuv bugun — 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan maqsad Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifa qilib qo‘yilgan murabbiyning 2019 yilgi mavsum uchun tuzib chiqilayotgan reglament yuzasidan munosabatini bilish edi. Boisi, bungacha O‘FA rahbariyati 1997 va undan keyin tavallud topgan futbolchining Superliga klublarida 90 daqiqa to‘p surishi masalasini ilgari surayotgan bo‘lsa, PFL bu taklifga qarshi ovoz bilan chiqayotgandi.

O‘FAning terma jamoalar bo‘limiga ko‘ra, bu holat olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. PFL esa bu holat futbolchilarning o‘z ustida ishlashidan to‘xtashi mumkinligi, ehtimoliy jarohat olgan futbolchining o‘rniga kim tushishi masalasini murakkablashtirishi kabi masalalarni ko‘tarayotgandi. Buning yuzasidan Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirdi:

- Serbiya bu bosqichdan allaqachon o‘tib ketdi va natijalar yomon bo‘lmadi. Ayni vaqtda Serbiya klublari hech qanday cheklovlarsiz ham 17, 18 yoshli futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qiladi. Chunki 25 yoshga to‘lgan futbolchini yaxshiroq narxga sotish keragidan ko‘p qiyinlashadi. Yoshroq futbolchilarga esa Yevropada ham, boshqa joylarda ham talab nisbatan yuqoriroq. Sababi ularda yashirin potensial bo‘lishi katta ehtimol. Serb klublari transfer oynasidagi mablag‘lar hisobidan o‘z holatini yaxshilashidan kelib chiqilsa, hozir ularga cheklovlar qo‘yish shart emas.

Mamlakat futbolida birinchi raqamli jamoa bu — milliy terma jamoa. PFL vakillari Ektor Kuper bosh murabbiy etib tayinlanganida, chempionat yuzasidan uning ham fikrlari bilan qiziqqandi. Olimpiya terma jamoasi esa ikkinchi raqamli jamoa ekanidan, shuningdek, Drulovich oldiga Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish qo‘yilganidan kelib chiqib, PFL reglament masalasida quyidagi o‘zgarishni ilgari suradi:

— Superliga va Pro-liga A klublarining har birida 1997 va undan kichik bo‘lgan bir nafar futbolchi eng kamida 45 daqiqa maydonda to‘p surishi shart. Bunday futbolchilarning qaysi taymda maydonda bo‘lishini klub murabbiylarining o‘zi hal qiladi;

— 1997 va undan kichik yoshdagi futbolchini zaruriyat yuzasidan almashtirishga to‘g‘ri kelsa va bu vaqtda u 45 daqiqa o‘ynab ulgurmagan bo‘lsa, uning o‘rnida yana shunday boshqa futbolchi maydonga chiqarilishi kerak.


PFL, shuningdek, Tokio-2020 yo‘lida Yoshlar ligasi musobaqasiga ham o‘zgartirish kiritayotganidan futbol jamoatchiliging xabari bor. Endilikda bu liga U21 chempionati sifatida o‘zgartirilgan. Mazkur chempionatda yoshi katta bo‘lgan 2 nafar va 23 yoshgacha bo‘lgan 1 nafar futbolchi to‘p surishi mumkin. Qolgan futbolchilar 21 yosh va undan kichik bo‘lishi shart.

Drulovich bilan uchrashuv faqat bir masalaga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Unga ko‘ra, U21 ligasi ham Superliga kabi 33 turdan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilgandi. Faqatgina 22-turdan keyin U21 ham, Superliga klublari ham o‘zining natijasidan kelib chiqib, alohida o‘yinlarda ishtirok etishi belgilab qo‘yilgandi. Yuqoridagi minimum 45 daqiqa masalasi amalga tadbiq etilsa, 22-turdan keyingi holat Superliga klublariga murakkablik keltirib chiqaradi. Bu masala PFL tomonidan alohida o‘rganib chiqiladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:25, 25.01.2019.
O'qildi: 2364 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.