Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi

Futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat futboli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo‘yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo‘l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi. Tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.    Futbol rivojiga to‘sqinlik qiladigan ta’magirlik, korrupsiya, porxo‘rlik, kelishilgan o‘yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz bo‘ladi. Tashkilot o‘tgan yildagidan farqi o‘laroq endi faqatgina o‘z inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, futbol rivojiga to‘sqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan O‘FA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi.     Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O‘FA yoki PFLda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, o‘zi qonunlarga zid ish ko‘rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.    Hukumatimiz mamlakat futbolini oyoqqa turg‘azish yo‘lida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Buning samarasi o‘laroq, futbolchilar, murabbiylar qolgan soha vakillariga nisbatan anchagina katta daromad qiladi. Bu butun dunyoda mavjud holat. Murabbiylar ham, futbolchilar ham o‘z mehnatlariga yarasha haq olishlari kerak. Biroq ular o‘zlari halol ishlab topayotgan pulga qanoat qilmay, boshqa yo‘llardan ham daromad qilishga, buning oqibatida mamlakat futbolini bulg‘ashga urinishsa, nafaqat o‘z kasblaridan quruq qolishadi, balki qonun oldida ham javob berishadi. Barcha futbol klublari rahbarlari bu haqda o‘z ishchilarini rasman ogohlantirishlari shart. 
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 15:24, 26.01.2019.
O'qildi: 2063 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик