Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

Futboldagi korrupsiya. Endi ishga DXX va Bosh prokuratura ham aralashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakat futboli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo‘yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo‘l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Endi, tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, futbol rivojiga to‘sqinlik qiladigan ta’magirlik, korrupsiya, porxo‘rlik, kelishilgan o‘yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz bo‘ladi.

Tashkilot o‘tgan yildagidan farqi o‘laroq, endi faqatgina o‘z inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ya’ni, futbol rivojiga to‘sqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan O‘FA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi. 

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O‘FA yoki PFLda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, o‘zi qonunlarga zid ish ko‘rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni PFL Sport bo‘limi mutaxassisi tamagirlik ustida ushlangandi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 17:16, 26.01.2019.
O'qildi: 7382 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик