Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Morata: «Faoliyatimda yangi bosqich boshlanayotganidan xursandman»

Morata: «Faoliyatimda yangi bosqich boshlanayotganidan xursandman»

Baho:
+1 | -

«Chelsi» hujumchisi Alvaro Morata o‘zining «Atletiko»ga o‘tayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin shartnomaga imzo chekadi.

«Faoliyatimda yangi bosqich boshlanayotganidan xursandman. Bu kunni kutayotgandim.

Men faoliyatimni «Atletiko»da boshlaganman. Men qayerda tug‘ilganimni bilgan insonlar bu klub men uchun qanday ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilishadi. O‘tmish bu o‘tmish. Uni o‘zgartira olmaymiz», – dedi Morata.

Faktlar:
— «Atletiko» Moratani mavsum oxirigacha «Chelsi»dan ijaraga olmoqda. Mavsum oxirida madridliklar uning transfer huquqini 55 million yevroga sotib olishlari mumkin.
— Hujumchi 2005-2007 yillarda «Atletiko» yoshlar jamoasida o‘ynagan.
— Morata ushbu mavsum APL doirasida 16ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 14:42, 27.01.2019.
O'qildi: 3066 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик