Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tennis. Sanjar Fayziyev Qozondagi musobaqa g‘olibi

Tennis. Sanjar Fayziyev Qozondagi musobaqa g‘olibi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

22-27 yanvar kunlari Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi «Fyuchers» turniri bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Sanjar Fayziyev finalgacha yetib bordi va bosh sovrin egasiga aylandi. U turnir davomida Aleksandr Igoshin (Rossiya), Sergey Fomin (O‘zbekiston), Aleksander Vasilenko (Rossiya) kabi tennischilardan ustun kelib, finalgacha yetib bordi. Bugun hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda boshqa bir mezbon tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziyev raqibini 6:3, 7:5 hisoblarida mag‘lub etdi va turnir g‘olibiga aylandi.

Musobaqada ishtirok etgan boshqa bir tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin o‘z ishtiroklarini ikkinchi davrada yakunladilar. Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Aleksander Vasilenko bilan birga ishtirok etgan Humoyun Sultonov finalgacha yetib bordi va vise-chempion unvoniga sazovor bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:48, 27.01.2019.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.