Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Floyd Meyvezer Krishtianu Ronalduga murojaat qildi

Floyd Meyvezer Krishtianu Ronalduga murojaat qildi

Baho:
+ | -2

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga o‘z so‘zlarini yo‘lladi.

Jahon chempionati-2026ning 1/8 finalida Portugaliya Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. 41 yoshli Ronaldu bu uning faoliyatidagi so‘nggi JCH ekanini ma’lum qildi.

«Birodarim, seni ajoyib faoliyat va erishgan barcha yutuqlaring bilan tabriklayman. Futbol uchun qilgan ishlaring hech qachon unutilmaydi. Sen butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarni ruhlantirding va bu sport turini butunlay o‘zgartirding.

Ko‘p yillar davomida ko‘rsatgan mehnating, intizoming, barqarorliging va buyukliging — afsonalar mana shunday dunyoga keladi. Bu sportga taqdim etgan barcha narsang uchun senga katta hurmat bildiraman. Bundan keyingi ishlaringda faqat muvaffaqiyatlar tilayman. Shunday buyuk bo‘lib qol, chempion. Sen o‘z noming bilan bog‘liq har bir hurmat so‘ziga loyiqsan.

Har doim sevgi va hurmat bilan, Floyd», — deb yozdi Meyvezer ijtimoiy tarmoqlarda.

Kiritildi: 15:53, 07.07.2026.
O'qildi: 3176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик