Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Roberto Karlos O‘zbekistonga yetib keldi

Roberto Karlos O‘zbekistonga yetib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos poytaxtimizga yetib keldi. Braziliyalik jahon chempioni joylashgan samolyot soat 09:30da Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroporti"ga qo‘ndi. Bugshun Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi.  

Jumladan, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi. 

Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi. Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.  

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha turdagi ommaviy axborot vositalarini mazkur tadbirlarni yoritishga taklif qilib qolamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:29, 28.01.2019.
O'qildi: 3844 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик