“Zenit” himoyachisi Luish Netu “Sporting”ga o‘tishga yaqin turibdi.
30 yoshli futbolchi Lissabon klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va “sherlar” bilan uch yillik shartnoma imzolashi mumkin.
Avvalroq, portugaliyalik futbolchining xizmatiga “Sevilya” qiziqish bildirib turgandi.