Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Terma jamoamizga ham chiroyli «forma» nasib etarmikan?

Terma jamoamizga ham chiroyli «forma» nasib etarmikan?

Baho:
+1 | -

Yakunlanayotgan Osiyo kubogi musobaqasiga e’tibor bergan ziyrak muxlislarimiz bir narsaga e’tibor qaratgan bo‘lsalar kerak. Terma jamoamiz o‘z tarixidagi eng odmi, va qo‘pol qilib aytganda, beo‘xshov liboslarda turnirda qatnashdi. Eng achinarlisi shundaki, bu liboslarda na milliy bayrog‘imiz, na milliy gerbimiz aks etgan. Futbolchilarimiz bu liboslarda xuddi «suvga tushgan non» singari ivib ketgandek ko‘rinishdi. Zamonaviy va bejirim libos masalasi bizda bir necha yillardan beri og‘riqli muammo ekanligi hech kimga sir emas.

Milliy bayrog‘imizga e’tibor qarating:

Yarim oy va yulduzlar, yashil rang, ranglar orasidagi qizil chiziqlar…

Bu detallarning birortasi bosh jamoamiz libosida so‘nggi 15 yilda biror marotaba ko‘rinish bermadi. Ayniqsa, oxirgi 5 yillikda holat yanada yomonlashdi. Termamiz «Joma» brendi taqdim etgan qopsimon liboslarda o‘ynashga majbur bo‘lgan chog‘lari termaning yuzi hisoblanadigan «forma»miz ko‘p bor tanqid ostiga olindi, lekin hech qanday o‘zgarishlar yuz bermadi.

Avvalari asosan «Puma» yoki «Adidas» logotipi tushirilgan liboslarda harakat qilgan futbolchilarimiz o‘z vaqtida dizayn va bejirimligi bilan hech qaysi jamoadan orqada emas edi. Asta-sekinlik bilan bu jabhada ham oqsay boshladik…

Turnir arafasida «Adidas» brendining mijozi bo‘lishga yaqin turgan edik, qayerdandir paydo bo‘lgan «Jako» bilan imzolangan kamxarj shartnoma hammasini chipakka chiqardi.



Eron terma jamoasining JCH-2014 musobaqasida kiygan libosi butun dunyoni o‘ziga qarata olgan edi. Davlat bayrog‘i asosida tanlangan ranglar uyg‘unligi va gepardning surati tushirilgan futbolka va shunga o‘xshash ayrim kichkina detallar libosni ommalashtirib yuborgandi.

O‘sha yili FIFA sayti aynan shu libosni turnirda ishtirok etgan eng chiroyli formalardan biri, deya e’lon qilgan edi. Bu ham futbol olamidagi Eronning yutug‘i desak, adashmagan bo‘lamiz. Osiyo davlatlarining o‘zidan ancha orqadamiz, Yevropa jamoalari bilan o‘zimizni solishtirishga, to‘g‘risi, uyaldik.

Yangilanish va yuksalishni istar ekanmiz, xohlasak-xohlamasak shu masala yuzasida ham bosh qotirishga to‘g‘ri keladi.

Ayni damda, zamonaviy futbol dizayni va imidjidan ancha orqadamiz. O‘FA, albatta, bu masalada ham yangi loyihalarni amalga oshirishini kutib qolamiz. Ko‘pchilik uchun bu arzimagan omildek ko‘rinishi mumkin, lekin professionallikni, o‘sishni xohlayapmizmi, demak, ishni kichik detallardan boshlashimiz shart! Aks holda, odimlash o‘rniga o‘z o‘qimiz atrofida aylangancha qolaveramiz.

YA.Ulug‘xo‘jayev.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:25, 31.01.2019.
O'qildi: 10502 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.