Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Tokioda sport federasiyalari bilan navbatdagi muzokaralar tashkil etildi

Tokioda sport federasiyalari bilan navbatdagi muzokaralar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Komil Ro‘ziyev hamda MOQning Yaponiyadagi maslahatchisi Mansur Baxriddinov Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish ishlari vaziri, Yaponiya parlamenti deputati Yoshitaka Sakurada, shuningdek, Tokio jismoniy tarbiya universiteti prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazishgani haqida xabar qilgandik.

Bugun ana shu uchrashuvlarning mantiqiy davomi sifatida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ular avvaliga «Kodokan» dzyudo markazi prezidenti Xaruki Uemura bilan ko‘rishishdi. Uchrashuv davomida tomonlar olimpiya sport turi hisoblangan dzyudoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

Shuningdek, X.Uemura O‘zbekiston MOQ vakillariga o‘zbek sportchilarining yuqori tayyorgarligi Tokio 2020 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatning asosiy omili ekanligini alohida qayd etib o‘tdi. MOQ delegasiyasi vakillari u yerda Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, musobaqalar o‘tkaziladigan va xorijdan tashrif buyuradigan sportchilar yig‘in olib boradigan sport ob’ektlarini ko‘rishdi.

Keyingi uchrashuv esa Yaponiya boks federasiyasi prezidenti Sadanobu Uchida bilan tashkil etildi. Janob Uchida Yaponiya hamda O‘zbekiston boks federasiyalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, tomonlar sportchilarni tayyorlash bo‘yicha birgalikda ish olib borilayotganliklari haqida ma’lum qildi. Shuningdek, u o‘zbek boks maktabi boy tarixga va mukammal tizimga ega ekanligi, bu Yaponiya boks federasiyasi uchun ulkan tajriba manbai ekanligini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston MOQ vakillari hamkorlikni davom ettirishga va Tokio Olimpiadasi oldidan muhim bo‘lgan yangi qo‘shma loyihalarda birga ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:04, 31.01.2019.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.