Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Chorak asr ichida futbol olamida nimalar o‘zgardi?! (Nostalgiya xotiralarni yodga soluvchi maqola)

Chorak asr ichida futbol olamida nimalar o‘zgardi?! (Nostalgiya xotiralarni yodga soluvchi maqola)

Baho:
+ | -

Siz unutgan, balki sog‘ingan xotiralar...

«Kubok egalari kubogi»

UEFA 1960 – yilda ushbu turnirga asos solgan edi. O‘z nomidan kelib chiqqan holda bu turnirda har bir davlatdan bittadan vakil ishtirok etar, o‘yinlar shiddatli kechardi. Chempionlar ligasidan keyingi o‘rinda turuvchi, - deya hisoblanadigan turnirning darajasi va auditoriyasi CHL bilan deyarli bir xil edi. «Kubok egalari kubogi» da hech qaysi jamoa ikkinchi tarkib yoki zahira o‘yinchilaridan foydalanmas, kubok uchun ayovsiz kurash ketar edi.

1999 – yilda UEFA bu turnirni to‘xtatdi va UEFA kubogini ( Keyinchalik bu turnir formati va nomlanishi Yevropa Ligasi deya o‘zgartirilgan) yo‘lga qo‘ydi. Ming afsuski, nomi va formati o‘zgargan bu turnir hozirgi kunimizda CHL dan daraja va saviya jihatidan bir bosh emas, bir necha bosh past hisoblanadi. Uzoq muddat futbol muxlislarini ajoyib o‘yinlari bilan o‘ziga mahliyo qilgan turnir moziyda qolib ketdi

«Oltin gol» va «Kumush gol»

FIFA va UEFA 1993 – yilda futbol uchun yangi loyihani ishlab chiqadi va tadbiq etadi. «Oltin gol» deya atalgan yangilik futbol olamida uzoq qolmagan bo‘lsada, o‘zidan ayrim jamoalar uchun alamli xotiralar qoldirishga ulgurdi. Mutaxassislar qo‘shimchataymlardagi o‘yinning shiddatli bo‘lishini istab, ushbu loyihani amalga oshirishgan edi. Afsuski jamoalar bu qoidadan cho‘chib qo‘shimcha taymlarda ikki hissa ehtiyotkorlik bilan harakat qila boshladi va o‘yin yanayam zerikarli ko‘rinish oldi. 2003 – yilda FIFA va UEFA «Oltin gol» qoidasini «Kumush gol» ga almashtirdi. Afsuski, bu ham o‘zinioqlmadi natijada 2004 – yilda butunlay futbol olamidan chiqarib tashlandi.

2000 – yilda o‘tkazilgan Yevropa chempionati finalidagi Trezige urgan «Oltin gol» futbol tarixida o‘sha kunlarda yorqin xotira sifatida qoldi

O‘ynovchi murabbiylar

Bunga ishonish qiyin, lekin eng so‘nggi o‘ynovchi murabbiy APL da «Chelsi» jamoasida bo‘lgan ekan. Jonatan Viali 1998 – 1999 –yillar o‘tkazilgan mavsumda o‘z jamoasida o‘ynovchi murabbiy sifatida harakat qilgan. Eng qizig‘I, bundan avval bu ishni «Chelsi»da Rud Gullid amalga oshirgan edi.

Gap shundaki, avvalari futbol hozirgi darajada biznes va reklama bilan chambarchas bog‘liq sport turi emas edi. Futbolchilar oddiy ishchilar singari maosh olishar, hozirgi hamkasblariga nisbatan odmiroq hayot tarzini o‘tkazishar edi. Klublar ham hozirgi darajada moliyaviy qudratga ega bo‘lishmagani sabab, murabbiyning maoshini tejab qolish uchun ham o‘ynovchi murabbiylarga o‘zlari murojaat qilishardi.

Keyinchalik UEFA va FIFA 2000 – yilda murabbiylar uchun Litsenziyani o‘ylab toptdi. Mahsus o‘quv kurslari ochildi. O‘quv kurslarida tahsil olmagan murabbiylar klublarni boshqarishi ma’n qilindi. Shunday qilib, 21 asr boshida o‘ynovchi murabbiylar katta futboldan ancha uzoqlashishdi va yodimizdan ham chiqib ketishdi. Hozirda o‘ynovchi murabbiylarni faqatgina quyi ligalarda uchratish mumkin.

Bonus

Chekuvchi murabbiylar

UEFA va FIFA bu masalaga 2000 – yilda so‘nggi nuqtani qo‘ydi va o‘yin vaqtida murabbiy va uning shtabiga chekishni ta’qiqlab qo‘ydi. Ajablanarlisi, biz tanigan ko‘plab mashhur murabbiylar katta stajga ega kashandalar bo‘lishiga qaramasdan aynan shu qoidaga «qat’iy» rioya qilib kelishmoqda. Quyida ular kimlar ekanligini bilib olasiz

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:47, 31.01.2019.
O'qildi: 6389 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.