«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda (2:2) ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Argentinalik futbolchi gollarining birini penalti orqali raqib darvozasiga joyladi. "Ko‘k-anorranglilar" yetakchisi uchun mazkur gol faoliyatidagi Primera doirasida 11 metrli jarima zarbasidan kiritgan 50-to‘p bo‘ldi.
Messi Ispaniya chempionatida penaltidan 61 marta zarba berib, 50tasini golga aylantirgan. «Real»ning ikki nafar sobiq futbolchilari Lionelga nisbatan penaltidan ko‘proq gol urishgan: Ugo Sanches (71ta penaltidan 56ta gol) i Krishtianu Ronaldu (72ta penaltidan 61ta gol).