Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

2018 – yilda eng ko‘p futbolka sotgan klub qaysi? (Reyting top 5)

2018 – yilda eng ko‘p futbolka sotgan klub qaysi? (Reyting top 5)

Baho:
+3 | -

Futbol katta biznesga aylangani bugun hech kimga sir emas. Top klublar aynan shu sohadagi savdo orqali o‘z klublariga har yili millionlab daromad keltirishmoqda. Bugun o‘tgan mavsumda bu borada kim peshqadam bo‘lganligini bilib olamiz.

5 – o‘rin «PSJ»

Neymar jamoaga kelgandan beri «PSJ» bu sohada ham o‘sishga erishdi. Jamoa Yevrokuboklarda g‘alaba qozonmagan bo‘lsada, butun dunyo bo‘ylab ancha –muncha muxlis orttirishga ulgurdi. Mbappeda kuzatilayogan progressga qaramasdan, «PSJ» futbolkalari orasida haligacha Neymarning futbolkasiga talab kuchli

4 – o‘rin «Liverpul»

O‘tgan mavsumdagi dahshatli o‘yinlar, CHL finali, APL dagi tajovuzkor va hujumkor o‘yinlardan so‘ng bu jamoa forma (yoki mayka) savdo-sotig‘i borasida kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. «Liverpul»ning muxlislari asosan M.Salahning nomi tushirilgan futbolkalarni katta tirajda harid qilishmoqda. Eng qizig‘i shundaki, Yurgen Klopp jamoaga kelishidan oldin «Liverpul» APL da bu borada kuchli 10 likda yo‘q edi. Klopp «Liverpul»ni ommalashtirib yuborishning uddasidan chiqdi.

3 – O‘rin «Real Madrid»

Ketma – ket qo‘lga kiritilgan CHL jamoaning savdo – sotiq ishlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Klub futbolkalari butun dunyo bo‘ylab bir zumda sotilib ketar, talab kuchli edi. Afsuski, Ronaldo jamoani tark etgach, bu borada «Real Madrid» oqsashni boshladi. «Qaymoqranglilar» Krishning ketishi orqali juda ko‘p narsalarni boy berishdi. Eng qizig‘i shundaki, Real Madrid 2018 – yili eng ko‘p Ronaldoning futbolkasini sotgan ekan. Afsuski, Florentina Perez Krishning o‘rniga yangi yulduz olib kela olmadi. Oqibatda, «Real Madrid» jahon savdo bozorida ham o‘z pozisiyasini boy berdi.

2 – o‘rin «Barselona»

Mana 10 yildan beri Kataloniya klubi bu jabhada ham oldinda. Ayniqsa, ularning savdolari Neymar, Messi, Suarez triosi Yevropani zabd etganda avjiga chiqqan edi. 2018 - yil mavsum «Barselona» CHL da omadsiz ishtirok etdi. Futbolkalar savdosi ham shunga yarasha sezilarli darajada kamaydi.

Eng ko‘p sotiladigan futbolkaning egasi kim ekanligi aniq. Bu so‘zsiz Messi ekanligiga hech kimda shubha bo‘lmasa kerak.

1 – o‘rin «Yuventus»

Ha, albatta, 2018 – yildagi eng shov – shuvli transferni amalga oshirgan «Yuventus» Ronaldo nomi tushirilgan futbolkalardan aql bovar qilmas darajada ko‘p sotdiki, tasavvur ham qila olmaysiz. Ronaldoning «Yuventus»ga o‘tganidan so‘ng klubning futbolkalar savdosi naqd 16 barobar ko‘paygan. 2017 – yilgi mavsumda «Yuventus» Yevropada bu jabhada 13 – o‘rinda edi. Krishning jamoaga kelishi avtomatik ravishda klubning savdo – sotiq ishlarini ancha oldinlashini ta’minlab berdi.

Hozir Turin shahrining har bir xonadonida 7 – raqamli futbolka bor desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ronaldo «Keksa senyora» safiga o‘tgan kuni bir sutkada 560 ming dona futbolka sotilganining o‘zi so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:00, 05.02.2019.
O'qildi: 19063 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.