Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning qonidan doping topildi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning qonidan doping topildi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyevning qonidan doping topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqo‘ziyevning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan so‘nggi O‘zbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bunga uning jarohati sabab qilib ko‘rsatilgan.

Hozircha Meliqo‘ziyevning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanksiyalar qo‘llanilgani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ayni vaqtda Meliqo‘ziyev mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

Manba: worldnews.uz
Kiritildi: 13:30, 05.02.2019.
O'qildi: 9273 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик