Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» turkiyalik legionerimizni ortga qaytardi

«Andijon» turkiyalik legionerimizni ortga qaytardi

Baho:
+ | -

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, ammo so‘nggi yillarni Turkiyaning turli ligalarida o‘tkazib kelayotgan legionerimiz Asror G‘ofurov joriy mavsumdan faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Sababi iqtidorli futbolchi yaqinda “Andijon” jamoasi bilan rasman kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, Asror G‘ofurov 1995 yil 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yili G‘ofurov Turkiyaning “Manisaspor” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Keyinchalik Asror u yerda bir qator jamoalar sharafini himoya qildi.

24 yoshli futbolchi maydonda markaziy yarim himoyachi va o‘ng qanot yarim himoyachisi vazifasini birdek bajara oladi. So‘nggi paytlarda G‘ofurov asosan markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynab kelgan. Uning Turkiyadagi oxirgi jamoasi “Ichelspor” hisoblanadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:10, 05.02.2019.
O'qildi: 6076 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик