Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi paralimpiya yo‘nalishiga ham e’tiborni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi paralimpiya yo‘nalishiga ham e’tiborni kuchaytirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston kamondan otish federasiyasida yangi rahbariyat ish boshlaganidan so‘ng sportning ushbu yo‘nalishiga ham e’tibor oshdi. Merganlarimiz xorijiy musobaqalarda, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishmoqda. Federasiya shuningdek paralimpiya yo‘nalishida ham ish olib bormoqda.

Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston kamondan otish federasiyasida Rossiyadan tashrif buyurgan murabbiy Ildar Sayfulin bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda bosh kotib Zafar Yusupov rossiyalik murabbiyga mamlakatimizda kamondan otish sportiga qaratilayotgan e’tibor, terma jamoa sportchilari oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston nafaqat Olimpiya, balki Paralimpiya o‘yinlarida ham kamondan otish bo‘yicha munosib ishtirok etmoqchi ekanligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Ildar Sayfulinga kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borish taklifi berildi.

O‘z navbatida rossiyalik murabbiy mamlakatimizda sportning ushbu turiga e’tibor oshib borayotganini, ushbu taklifga qarshi emasligini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda shaxsan mamalakat prezidenti ushbu sport turiniga befarq emasligini bilaman. U kishi Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, kamondan otish bazasining ochilish marosimida qatnashganligi quvonarli xolat. Men bu diyorda ishlab, paralimpiya sportchilariga o‘z yordamimni berishga, kerak bo‘lsa O‘zbekistonda qolib ishlashga tayyorman», – dedi murabbiy.

Mutaxassis 15-20 fevral kunlari Qo‘qon shahrida tashkil etiladigan O‘zbekiston qishki chempionatiga tashrif buyurib, iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun taklif etildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:13, 05.02.2019.
O'qildi: 3715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.