Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Yevropaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari e’lon qilindi

Yevropaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari e’lon qilindi

Baho:
+1 | -

Fransiyaning L'Équipe jurnali Yevropa chempionatlarida faoliyat olib borayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p maosh oluvchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, "Barselona" sardori Lionel Messining oylik maoshi 8,3 million yevroni tashkil qiladi. Ikkinchi pog‘onani "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu band etdi. Portugaliyalik futbolchining maoshi Messinikiga nisbatan deyarli ikki barobar kam — 4,7 million yevro (oyiga). Kuchli uchlikni Antuan Grizmann yakunlab bergan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinda Neymar qayd etilgan.

1) Lionel Messi («Barselona») – 8,3 million yevro
2) Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 4,7 million yevro
3) Antuan Grizmann («Atletiko») – 3,3 million yevro
4) Neymar («PSJ») – 3,06 million yevro
5) Luis Suares («Barselona») – 2,9 million yevro
6) Garet Beyl («Real») – 2,5 million yevro
7) Filippe Koutinyo («Barselona») – 2,3 million yevro
8) Aleksis Sanches («MYU») – 2,28 million yevro
9) Kilian Mbappe («PSJ») – 1,73 million yevro
10) Mesut O‘zil («Arsenal») – 1,6 million yevro

Izoh: Summalar soliqlar chiqarib tashlanmagan holda ko‘rsatilgan.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 12:09, 08.02.2019.
O'qildi: 16818 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик