Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Sardor Mirzayev: «Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish»

Sardor Mirzayev: «Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib boryapti.

“Temiryo‘lchilar” Antaliya yig‘ini doirasida hozircha ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi. Jamoa ushbu mavsum hisobidan ilk rasmiy o‘yinini 23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun kechadigan bellashuvda AGMKga qarshi o‘tkazadi.

Bu o‘yinga, qolaversa butun mavsumga tayyorgarlik qanday ketayotganini bilish maqsadida jamoa yetakchilaridan biri Sardor Mirzayevga yuzlandik.

– Sardor, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti? 
– Tayyorgarlik yaxshi bo‘lyapti. O‘tgan mavsumdan keyin jamoamizda bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ba’zi futbolchilar ketib, o‘rniga yangilar kelib qo‘shildi. Endi bu – futbol, o‘zgarishlar har doim bo‘lgan. Yangi yildan so‘ng dastlabki yig‘inni Dubayda tashkil qilgandik. Bunda ba’zi futbolchilar yo‘q edi, hozir esa hamma jamoa safida birgalikda mashg‘ulot o‘tkazyapti.

– Turkiya yig‘inida asosiy e’tibor nimalarga qaratilyapti? 
– Dubaydagi yig‘inda ko‘proq jismoniy tayyorgarlik ustida ishlagandik, bu yerda esa asosan taktika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boryapmiz. O‘rtoqlik o‘yinlari orqali bir-birimizni tushunishga harakat qilyapmiz.

– “Lokomotiv” hozircha Antaliyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Shu o‘yinlar haqida fikringiz? 
– Bu yerda avvaliga Moskvaning “Dinamo” klubiga qarshi, undan keyin Qozog‘istonning “Astana” klubi bilan kuch sinashib ko‘rdik. Har ikkala bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Yaxshi bilasiz, o‘rtoqlik o‘yinlarida natija unchalik muhim emas. Asosiy e’tibor jamoa o‘yini sifatini oshirishga qaratilgan. Har ikkala bahsda taktik futbol ko‘rsatishga harakat qildik.

– Jamoa mavsumga qanchalik tayyor deb o‘ylaysiz? 
– Buni rasmiy bellashuvlar boshlangach bilib olamiz. Joriy yil hisobidan ilk rasmiy uchrashuvni O‘zbekiston Superkubogi doirasida 23 fevral kuni AGMKga qarshi o‘tkazamiz. Shu o‘yinni ham o‘z foydamizga hal etishga harakat qilamiz. Undan keyin oldinda Osiyo chempionlar ligasi va ichki bellashuvlar kutib turibdi.

– Yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz? 
– Shuni aytishim mumkin, jamoadagi hamma bor kuchi bilan harakat qilyapti. Muhimi, yangi futbolchilar tezda “Lokomotiv”ga moslashib ketishdi. Tarkibimizda yangilardan Aziz Haydarov, Arslonmurod Omonov, Yovan Jokich, Filip Rayevas, Javohir Ilyosov, Jamshid Iskaderov, Davron Hoshimov kabi futbolchilar mashg‘ulot olib boryapti. Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 16:41, 08.02.2019.
O'qildi: 4130 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик