Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Shota Arveladze: «Bizni jiddiy raqib bilan o‘yin kutmoqda»

Shota Arveladze: «Bizni jiddiy raqib bilan o‘yin kutmoqda»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqich o‘yiniga tayyorgarligi va yig‘inlar xususida fikrlarini bildirdi.

- Yig‘inlarda qiyinchilikka duch keldik. Chunki yig‘in boshida deyarli yarim jamoa yo‘q edi. To‘liq jamoa yig‘ilganda o‘zimizga kelishni boshladik. Hali yana ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz talab etiladi.

Yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishlariga umid qilaman. Hozir bu jarayon davom etmoqda. Yigitlar mashg‘ulotlarda quvnoq va shu bilan birga professional tarzda ishlashmoqda.

Uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik. Raqibimiz jiddiy jamoa, ular OFK Kubogining oxirgi uch mavsumida g‘olib chiqishgan. Bu shunchaki bo‘lmaydi, albatta. "Eyr Fors" jismonan yaxshi shakllangan. Standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynashadi. Tarkibida o‘yinni o‘zgartira olishga qodir futbolchilar mavjud. Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Iroqda mavsum qizigan pallaga kirgan. Bu bizning foydamizga emas, ammo g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni beramiz", - deydi Shota Arveladze.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:27, 09.02.2019.
O'qildi: 5615 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.