Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

La liga. «Atletik» yana «Barselona»ni ochkolardan mahrum qildi

La liga. «Atletik» yana «Barselona»ni ochkolardan mahrum qildi

Baho:
+ | -

Bilbao "Atletik" klubi ushbu mavsumda ikkinchi marta "Barselona" klubiga mag‘lub bo‘lmayapti. Birinchi davrada "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, "San Manes"da o‘tkazilgan bugungi bahsda hisob ochilmadi.

Mezbonlar musobaqa peshqadamiga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi va "Barsa"ga xavfli vaziyat yaratish uchun deyarli imkon berishmadi. Aksincha, basklar 3-4ta golga tortadigan hujumlar uyushtirishdi. Ter Shtegenning mahorati "ko‘k-anorranglilar"ni muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, "Barselona" va ikkinchi o‘rindagi "Real" o‘rtasidagi ochkolar farqi endi 6 ochkoni tashkil etmoqda.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Atletik – Barselona 0:0 (0:0, 0:0)
Atletik – Yago Errerin, Martines, Yeray Alvares, Balensiaga, Berchiche, Benyat (San Xose, 56), Dani Garsiya, Raul Garsiya, Susayeta (Muniain, 62), De Markos, Inyaki Uilyams (Kodro, 90).
Barselona – ter Stegen, Pike, Serdji Roberto, Nelson Semedu, Langle (Vermalen, 88), Vidal (Alenya, 63), Buskets, Rakitich, Koutinyo (Dembele, 75), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (52), De Markos (68), Langle (72), Buskets (78), Yeray Alvares (90).
Chetlatish: De Markos (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:40, 11.02.2019.
O'qildi: 8378 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик