“Milan” yarimhimoyachisi Lukas Paketa Italiya chempionatining 23-turi “Kalyari” darvozasiga gol urdi.
Shu tariqa, 21 yoshli futbolchi “rossenerlar” safida debyut golini urdi. O‘zining golini u “Flamengo” akademiyasida yong‘in sababli halok bo‘lganlarga bag‘ishladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Milan” qishki transferlar vaqtida Paketani “Flamengo”dan 35 mln yevro evaziga sotib olgandi.